O‘tkir Alimov. Samarqandda Ulug‘bekning madrasasi nechta?

Bu yil mamlakatimizda buyuk matematik, astronom, shuningdek, tarix, she’riyat, musiqa bobida ham barakali ijod qilgan Mirzo Ulug‘bek tavallud topganining 618 yilligi nishonlanmoqda. O‘tgan yillar mobaynida ulug‘ allomaning bizga qoldirgan boy ma’naviy, madaniy merosi o‘rganilib, respublikamizning barcha hududlarida anjumanlar, davra suhbatlari, davomi…

Ismoil Shomurodov. So‘z haqida so‘z

Inson uni dahshatli qurolga aylantirib yubordi. Bir og‘iz so‘z bilan insonni o‘ldirish, baxtsiz qilish mumkin. Odam bolasining baxtli bo‘lishi uchun ham deyarli shunday: yoqimli kalom bo‘lsa bas. Asli zamiriga nazar solinsa, baxtli hayot sari intilish, mehrga tashnalikni shirin so‘zga talpinish, davomi…

Hakim Sattoriy. “So‘zimdan angla o‘zimni”

M.Gerasimov 1947 yilda “Biograflar uning buyuk yurishlarini tasvirlashda jami ranglardan foydalanganlaru, tashqi ko‘rinishi yuzasidan juda kam ma’lumot qoldirganlar. Borlari ham ziddiyatli va mavhum”, deb yozg‘irgan ekan. Har vaqtki ko‘rgasen mening so‘zumni, So‘zumni o‘qub, sog‘ingaysen o‘zumni. Zahiriddin Muhammad Bobur Buyuk bobokalonimiz davomi…

Nurboy Jabborov. Adabiyot — hayratlar dunyosi

Bu yorug‘ olam hayratga limmo-lim. Biroq hayrat tuyg‘usi odamning xohishiga bog‘liq emas. Yaratgan Egam hamma bandasiga ham ato etmagan shu tuyg‘uga meni bolaligimdan oshno etgani uchun ko‘p shukr aytaman. Dastlab nimadan hayratlanganim yodimda yo‘q. Lekin tonggi shafaqning go‘zalligini hayrat og‘ushida davomi…

Shodmon Otabek. Hammasi havasdan boshlangan

Aksariyat ijod ahlida adabiyotga, ijodga havas kitobga, kitobxonlikka havasdan boshlanadi. Kaminada ham shunday bo‘lgan. Qishlog‘imizda mo‘jazgina kutubxona bo‘lardi. U yerga ilk bor katta yoshli bolalarga ergashib, ularga havas qilib borganman. Kutubxonachi Donoxon ayaning yaxshi bir odati bor edi. Yosh kitobxonlar davomi…

Qozoqboy Yo‘ldosh. Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar

Kunbotish o‘lkalaridagi nazariy tipologiyaga ko‘­ra badiiy adabiyot taraqqiyotining tarixi shartli ravishda a) klassik adabiyotgacha bo‘lgan bosqich; b) klassik adabiyot bosqichi; v) noklassik adabiyot bos­qichi; g) postklassik adabiyot bosqichi singari bosqichlardan iborat ekani qayd etiladi. Agar estetika tarixi va nazariyasida aristotelcha-gegelcha-kantcha davomi…

Yo‘ldosh Eshbek. Adabiyot millat ustunidir

Men tug‘ilgan paytlar urush tugab, dasturxonlar to‘kinlashib ulgurgan edi. Uyimizda kitob ko‘p bo‘lar­di. Uzun qish kechalari qo‘shnilar yig‘ilishib kitobxonlik, qissaxonlik, dostonxonlik qilishardi. Alim Baxshi Haqqul o‘g‘li degan hassos baxshi bor edi. Shomdan tonggacha “Kuntug‘mish”ni kuylab charchamasdi. Asli zarbandlik. Baxshilikni birovdan davomi…

Ismoil Shomurodov. Asl adabiyot haqida o‘ylar

«Xos»lar kimlar? «Ommaviy madaniyat»ning millat ongini qamrab olishiga qarshi kurasharkanmiz, ko‘pincha, uni kompyuter o‘yinlari, nobop kinolar va ko‘rsatuvlar orqali kirib keladi deb o‘ylaymiz. U faqat o‘qimagan, ilmsiz kishilarnigina komiga tortmoqda, degan fikr ham o‘rinsiz. E’tibor berganmisiz, A.Kamyu, J.P.Sartrning asarlarida bayon davomi…

Naim Karimov. Najot adabiyotdadir

O‘tgan asrning 30-yillarida dunyoga kelgan avlod bilan hozir shakllanib borayotgan avlod o‘rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Bu avlod Ikkinchi jahon urushining tahlikali yillariyu, urushdan keyingi davr mashaqqatlarini boshidan kechirdi. 50-60-yillarda esa “zulm saltanati”da yashagani va yashayotganini tushunib, “g‘urur” nimayu, davomi…