Basharam — shajaram.
Begona bilan quyon ovlama,
Ovlasang ham, yoningga boylama.
Begona — sangi devona.
Begona so‘z beradi, bo‘z bermaydi.
Begonaning dang‘illama saroyidan
O‘zingning kulbayi vayronang yaxshi.
Begonaning oti o‘zguncha,
Ovuldoshingning toyi o‘zsin.
Bemehr qarindoshdan
Mehr bilgan yot yaxshi.
Besh barmoqning birini tishlasang, bari og‘rir.
Bir ko‘rgan — tanish,
Ikki ko‘rgan — oshna,
Uch ko‘rgan — qarindosh.
Bir tog‘a yetti ota o‘rniga o‘tar.
Bir — tug‘ishgandan, bir — tutingandan.
Boja bojaga bo‘z bermaydi, so‘z beradi.
Boja bojani ko‘rsa, ayj olar.
Boldiz boldan shirin.
Borsang — qarindosh,
Bormasang — begona.
Bosh yorilsa — bo‘rk ichida,
Qo‘l sinsa — yeng ichida.
Bo‘ladan qarindosh bo‘lmas.
Go‘ja tuysang, mayda tuy,
Qaynotangning tishi yo‘q.
Qayga borsang, shunda bor,
Qaynonangning ishi yo‘q.
Do‘st safarda bilinar,
Og‘a-ini — kulfatda.
Eb-ichganda yot yaxshi,
Qayg‘u kunda — qarindosh.
Etti bojani bir bo‘ri yer.
Yolg‘izlikda yor yaxshi,
Munglashganda — qarindosh.
Yomon qarindoshga yalinguncha,
Qora qozoningga yalin.
Yordami yo‘q qarindoshdan
Etti yot begona yaxshi.
Yot — yeguncha, qarindosh — o‘lguncha.
Yot yoqadan olar,
It — etakdan.
Yot otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegar.
Yot seni yotqizar,
G‘am-kuifatga botqizar.
Yot uyida yotiq bo‘l.
Yotga yalinguncha,
Yon-veringga yalin.
Yotga yaqinlashma,
Eling bilan yovlashma.
Yotdan yomon kelmasin,
O‘zingdan yomon chiqmasin.
Yotniki yondan o‘tar,
O‘zingniki — jondan.
Yotning yonida yog‘i yo‘q.
Yog‘ yeganda yot yaxshi,
Qon yutganda — qarindosh.
Yog‘ochning ponasi o‘zidan.
Jar yo‘l bo‘lmas,
Begona — el.
Jigar — jigar, digar — digar.
Jiyan eshikdan kirsa,
Etti bo‘ri teshikdan kirar.
Jon tortmasa, qon tortar.
Jon qarindosh mol qarindosh emas.
Joni boshqaning tani boshqa.
Inisi borning irisi bor.
It qilig‘ini egasi bilar,
Jiyan qilig‘ini — tog‘asi.
Kasal oshdan,
Davo — qarindoshdan.
Kelsa xotin urug‘i,
Topiladi yo‘rig‘i.
Kelsa erning urug‘i,
Bo‘lar yurak burug‘i.
Kishining bolasiga kishmish bersang ham turmas.
Kuzgi oftobga qizingni qo‘y,
Yozgi oftobga keliningni qo‘y.
Manglayingga uradigan toshing ham o‘zingdan bo‘lsin.
Ovsin-ajin yig‘ilsa,
Ajina bazmi qurilar.
Ovsinim — ajinim,
Ko‘rganda kelar g‘ijinim.
Ovsinlar inoq bo‘lsa,
Og‘a-inilar chinoq bo‘lmas.
Oziqli ot horimas,
Qarindoshli qarimas.
Oltmish kulon ot bo‘lmas,
Tug‘ishganing yot bo‘lmas.
Onangni kaftingda tutsang,
Singlingni boshingda tut.
Onangni sirtda saqlasang,
Singlingni kaftda saqla.
Ota-bola — bir bog‘,
Biri — gul, biri — bog‘bon.
Ota-bola urishar,
Og‘a-ini yuhshar.
Ota — xazina, aka-uka — tayanch,
Do‘st esa — har ikkovi.
Otadoshim, otga min,
Otasi boshqa, otdan tush.
Otangni sog‘insang, tog‘angni ko‘r.
Otga ayil botganin
Egar bilmas, ot bilar.
Og‘a-inining ozganin
O‘zlari emas, yot bilar.
Oshnachilik — bir yilchilik,
Qudachilik — ming yilchilik.
Og‘a-ini arazli bo‘lsa ham,
G‘arazli bo‘lmas.
Sigirning shoxiga ursang,
Sug‘urning tanasi titrar.
Sigirning shoxiga ursang, tuyog‘i zirqirar.
Singan qo‘lning og‘irligi bo‘yinga tushar.
Sopol chinni bo‘lmas,
Begona — ini.
Terak tomiriga tayanar,
Odam — tug‘ishganlariga.
Tirnoqni etdan ayirib bo‘lmas.
Tol yog‘och madang bo‘lmas,
Begona dadang bo‘lmas.
Tutingan tug‘ishgandek bo‘lmas.
Tutuni boshqaning to‘shagi boshqa.
Tuxumi birning bari bir.
Tuqqan jigarning ozori bor, bezori yo‘q.
Tuqqan tuqqan bilan topishar,
Yotga balo yopishar.
Tug‘ishgan omonlikda emas,
Yomonlikda bilinar.
Tug‘ishmagan topishmas.
Tug‘ishmaganning tubi tosh.
To‘ng ayirgan moy yer,
Qarindosh ayirgan loy yer.
To‘yar oshni ko‘z taniydi,
Oshnani — ko‘ngil.
Uzoqdagi onadan
Yaqindagi qaynona yaxshi.
Uyi boshqa — mungi boshqa.
Uyi boshqa g‘am bilmas,
Tanasi boshqa — dard.
Umringdan uch kun qolsa ot ol,
Bir kun qolsa — xotin.
Urishganing o‘z og‘ayning bo‘lsin.
Urug‘-aymog‘im — quyuq qaymog‘im.
Xeshlik — xushlik.
Xolam bildi — onam bildi.
Xotin olma, qayin ol,
Borar joyga tayin ol.
Xotin olmoq eshak savdosi emas.
Xotin qarindoshi — ilon boshi,
Er qarindoshi — savat boshi.
Sherikchilik — bir yilchilik,
Qudachilik — ming yilchilik.
Chiqqan qizdan
Ota uyidagi supurgi ham qo‘rqar.
Eli boshqa el bo‘lmas,
Etakni kessang yeng bo‘lmas.
Enasi tepgan qulunning eti og‘rimas.
Erga berdim — emgak oldim.
Eshikli bo‘lding — beshikli bo‘lding.
Yaxshi yerga bersang qizni,
Silay-silay sulton qilar.
Yomon yerga bersang qizni,
Ura-ura ulton qilar.
Yaxshi odam yot bo‘lmas.
Yaqin erintirar,
Uzoq chopintirar.
Yaqin qiz — o‘g‘il hisobi,
Uzoq qiz — o‘lik hisobi.
Yaqindagi tishlashar,
Uzoqdagi kishnashar.
Yaqinlikning belgisi —
Kelib-ketib turgani.
Uzoqlikning belgisi —
Sira kelmay yurgani.
O‘gay ota non bermas,
Non bersa ham, jon bermas.
O‘gay ota o‘kirar,
Yuragidan bo‘kirar.
O‘gayning oti qursin,
Saksovulning o‘ti qursin.
O‘z gavroning o‘zingga qattiq tegmas.
O‘z tovug‘im chaqirsa,
Qayga qarab qichqiray.
O‘z uyini yoritmagan chiroq
O‘zganikida mash’al bo‘lmas.
O‘z yuragingga sig‘magan sir,
O‘zganing yuragiga sig‘mas.
O‘z — o‘lguncha, yot — yeguncha.
O‘zga o‘zingdek bo‘lmas,
Yot — yaqiningdek.
O‘zimdan chiqqan baloga,
Qayga boray da’voga.
O‘zing tug‘may ul (o‘g‘il) bo‘lmas,
Sotib olmay qui bo‘lmas.
O‘zingdan o‘tganni o‘zaging bilar.
O‘zingni yomonlasang,
Yotning mehri ketar.
O‘zingniki o‘zagingni uzar.
O‘zingning otingga chiq,
O‘zganikidan tush.
O‘ng qo‘lim, so‘l qo‘lim,
Ikkovi ham o‘z qo‘lim.
Qayirsam — etagim,
Shimarsam — yengim.
Qaynim — qaymoq yog‘im,
Qaynsinglim — yurak dog‘im.
Qayning kelsa, ketmon chop,
Qayrilmasa, mayrilsin.
Qaynog‘a qayin bo‘lar,
Qaynini mayin bo‘lar.
Qaynsingil — yarim kundosh.
Qayinsingil — yarim qaynona,
Qaynegachi — butun qaynona.
Qarindoshdan qarz olma,
Qarindoshga qiz berma.
Qarindoshdan qorishgan afzal.
Qarindoshim — qora qozonim,
Urug‘im — unli chuvolim.
Qarindoshimda bo‘lguncha, chirog‘donimda bo‘lsin.
Qarindoshing kelsa-kelsin,
Bo‘z xaltasi kelmasin.
Qarindoshing o‘lsa-o‘lsin,
Qadrdoning o‘lmasin.
Qarindoshing qarindosh emas,
Kasbdoshing — qarindosh.
Qarindoshingga qarz berma,
Bersang so‘rama.
Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tuqqan topasan.
O‘z otingni yomonlab,
Qaydan tulpor toparsan.
Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma.
Qarindoshini siylagan xoli qolmas,
To‘rkunini siylagan to‘rga o‘tmas.
Qarindoshli qarimas.
Qarindoshniki qorong‘u kunda belgili.
Qarindoshning tovushi qorong‘ida belgili.
Qiz ammaga o‘xshar,
O‘g‘il – tog‘aga.
Qizli uy qudasiz bo‘lmas.
Qilday tomir bo‘lsa, tuqqaniga tortar.
Qovunning yomoni — po‘la,
Xotinning yomoni — bo‘la.
Qozilashgan qarindosh bo‘lmas.
Qozonga qaragan qarindosh emas,
Qarashgan — qarindosh.
Qozoni boshqaning qayg‘usi boshqa.
Qon yig‘laganda qarindosh,
Yog‘ yalaganda yot yaxshi.
Qon qarindosh — jon qarindosh.
Qorong‘ida qichqirsang,
Qarindosh tovush berar.
Quda-andalik joyingdan
Qulunli biyangni ayama.
Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash,
Quda bo‘lgach, ko‘p siylash.
Quda-andaning moli bir.
Quda bo‘lding — judo bo‘lding.
Quda bo‘lmoq — qiyin,
Judo bo‘lmoq — oson.
Quda bo‘lsang, qui bo‘lsa ham, siyla.
Qudamning qudasi — yumurtaning sho‘rvasi.
Qudang qui bo‘lsa, quldek bo‘l.
Qudachilik — mingyilchilik.
Qo‘yindan to‘kilsa, qo‘njiga.
Hayvonotda bo‘ta soz,
Odamzotda boja soz.
Har kim har nima deydi,
Qiz otasi bir nima deydi.