Berib yaxshi ko‘ringuncha,
Bermay yomon ko‘rin.
Beta’maning boshi baland.
Behuda olqishlagan do‘st emas.
Gado gadodan uyalar.
Dimog‘dorga bir gap oz,
Ikki gap ko‘p.
Yovga yalinma — joningni olar,
Dovga yalinma — molingni olar.
Zamonasozlik — masxarabozlik.
Ichak-qorin go‘sht bo‘lmas,
Laganbardor do‘st bo‘lmas.
Ko‘rganga ko‘z, eshitganga quloq bo‘lma.
Muzga suyanma, yovga sig‘inma.
Noo‘rin g‘urur — boshga balo.
Ota o‘g‘li bo‘lsang,
Ota nomini baland tut.
Rostini aytsang, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Sahroyining xushomadidan dashnom chiqar.
Surur bir boshqa,
Kibr-u g‘urur bir boshqa.
Xom kishini xushomad xarob etar.
Xushomad so‘zlagan til
Yalab-yalab yara etar.
Xushomadgo‘yga qo‘y so‘ydirma.
Xushomadgo‘yning salomi ta’masiz bo‘lmas.
Egilganga bukilma.
Har odamga sunma aslo bo‘yningni,
Puch yong‘oqqa to‘ldiradi qo‘yningni.
Haqni aytsa, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Xushomadni suymasa,
Kaltak olib quvarlar.