Kun hikmati 23: Iogann Gyote hayot haqida
Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir. Iogann Gyote
Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir. Iogann Gyote
Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir. Onore de Balzak
Onalar oyog‘i ostidadur Ravzayi jannatu jinon bog‘i. Ravza bog‘i visolin istar esang, Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i. Alisher Navoiy
Abu Ali ibn Sinodan so‘radilar: — Dunyoda davosi bo‘lmagan biron dard bormi? — Yaxshining yomonga muhtoj bo‘lishi — davosiz darddir.
Sevgida quyosh kabi bo‘l. Do‘stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo‘l. Birovlarning xatolarini yopishda kecha kabi bo‘l. Tavozeda tuproq kabi bo‘l. G‘azab onida o‘lik kabi bo‘l. Har ne bo‘lsang bo‘l – yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l. Jaloliddin davomi…
To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur. Mahmudxo‘ja Behbudiy davomi…
Uzoq suhbatdan so‘ng o‘tgan gaplarni bir eslashga urinib ko‘r, shunda gapirilganlarning aksariyat qismi behuda, keraksiz va ko‘pincha ahmoqona bo‘lganiga hayron qolasan. Lev Tolstoy
O‘tmishga to‘pponchadan o‘q uzsang, kelajak seni to‘pga tutadi. * * * Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas. Rasul Hamzatov
Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur, Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur, Yaxshi kishi yomonlig‘ ko‘rmagay hargiz, Har kimki yomon bo‘lsa jazo topgusidur! Zahiriddin Muhammad Bobur
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay. Alisher Navoiy