Kun hikmati 33: Muhammad Ali eng buyuk boylik haqida
Xudodan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi. Muhammad Ali
Xudodan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi. Muhammad Ali
Egasi faxrlanayotgan qanchadan-qancha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar bor. Suqrot
Siz ilmga bor-yo‘g‘ingizni bermaguningizcha, u sizga biror narsa bermaydi. Imom G‘azzoliy
Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan. Konfutsiy
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi. Iogann Gyote
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha. Jaloliddin Rumiy
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak. Lev Tolstoy
Qadimda ezgu ishlarni ko‘p qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda. Umar ibn Horis
Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqdalar. Imom G‘azzoliy
Qadimda kam so‘ylashardi, o‘z so‘zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo‘rqishardi. Konfutsiy