Kun hikmati 43: Najmiddin Kubro xotirjamlik haqida
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan. Najmiddin Kubro
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan. Najmiddin Kubro
Men Muhammad alayhissalomning ismini olganman. Uning muborak ismini bosib iflos qilishlariga yo‘l qo‘ymayman. Muhammad Ali
Hadeb tanlab, o‘ylanavermasdan shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsaku — xo‘p-xo‘p, yomon chiqsa — faylasuf bo‘lasan. Suqrot
Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi. Imom G‘azzoliy
Asossiz ish, nimaga qaratilganidan qat’i nazar, doimo inqiroz bilan tugaydi. Iogann Gyote
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on. Jaloliddin Rumiy
Zarur gapni aytolmaganing uchun bir marta attang qilsang, tilingni tiyolmaganing uchun esa ming karra afsus qilasan. Lev Tolstoy
Kimda-kim qarindoshlari sababli o‘ziga obro‘, yaqinlik axtarsa va o‘tgan ajdodlari bilan kibrlansa, o‘sha kishining o‘zi o‘lik, ajdodlari esa tirik sanaladi. Abu Rayhon Beruniy
… Vaqtni «essiz», «qaniydi», «koshkiydi»lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan. Najmiddin Kubro
Inson gapirishni o‘rganishi uchun ikki yilga muhtoj bo‘ladi. Jim turishni o‘rganishi uchun esa, ellik yil kerak. Ernest Xeminguey