Romen Rollan hikmatlaridan

Agar birgina so‘z bilan odamni baxtiyor qilish mumkin bo‘lsa, bu so‘zni aytmaslik uchun qanchalar razil bo‘lish kerak!

* * *

Vijdon – e’tiqodning hissiy qorovulidir.

* * *

Asov tanasini bo‘ysundira olgan irodadan ko‘ra havasni keltiradigan narsa yo‘q.

* * *

Do‘stlar orasidagi tushunmovchilik ular orasiga uchinchi odam tushmagunicha u qadar kuchli bo‘lmaydi.

* * *

Adolatsizlikning oxiri yo‘q: birini to‘g‘rilab, boshqasiga imkon tug‘dirishing mumkin.

* * *

Yolg‘on qarshi qaratilgan odamdan oldin uning egasini halok qiladi.

* * *

Kechirish jazolashdan ko‘ra ko‘proq jasorat talab etadi.

* * *

Ikkiyuzlamachi – hamisha qul.

* * *

Kun vayron qilganni tiklash uchun asr kerak.

* * *

Haqiqiy mag‘lubiyat, o‘nglanmaydigan yagona mag‘lubiyatni – dushmandan emas, o‘zingdan topasan.

* * *

Har bir jasoratli, har bir adolatli shaxs Vatanga shon-sharaf olib keladi.

* * *

Sog‘lom bo‘lishni istagan odam birinchi galda yon-atrofidagi havoni tozalashi kerak.

* * *

Hasadgo‘ylar – o‘ta yuraksiz kishilardir. Oyog‘ini bosib olganingizda ham yuzingizga kulib qarab turaverishadi.

* * *

Insonning eng birinchi burchi aslidagiday bo‘lishi, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta olishidir.

* * *

San’at o‘z davri intilishlariga hamohang bo‘ladi.

* * *

Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yo‘q.

* * *

Hayotga muhabbat o‘lim qo‘rquvidan ayro emas.

* * *

San’atning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping bo‘lmasa, sukut qil; aytadigan gaping bo‘lsa, yolg‘on aralashtirmay gapir.

* * *

Salomatlik ham kasallik kabi yuqumlidir.

* * *

She’riyat – qofiyadosh so‘zlarning shaqir-shuquri bilan emas, keng miqyosni egallaydigan, inson ko‘zidan ko‘ra chuqurroq va uzoqroqni ko‘ra oladigan ruhiyati bilan she’riyatdir.

* * *

Fikrni o‘ldiradiganlar uch karra qotildir.

Orif Tolib tarjimasi

«Yoshlik» jurnali, 2018 yil, 1-son