Ustoz jurnalist Mahmud Sa’diy vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yetuk publitsist va muharrir Mahmud Sa’diy 80 yoshida vafot etdi. Mahmud Sa’diy 1939 yil Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Maktabni tamomlaganidan keyin hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil oldi. “Sharq yulduzi” jurnalida davomi…

Viktor Shklovskiy. Chaplin va Eyzenshteyn

Jahon kinematografiyasining ikki buyuk namoyandasi, ovozsiz kinoning yirik darg‘alari – Charli Chaplin (1889–1977) va Sergey Eyzenshteyn (1898–1948)ijodi hech shubhasiz, umuminsoniyatga daxldlor hodisalardir. Har ikki san’atkor oq-qora tasvirdagi unsiz nigohlar ila millionlab san’at muhiblarini o‘ziga rom etdi, goho quvnoq epizodlar, gohida davomi…

To‘lan Nizom. Vatan surati

To‘lan Nizom. Vatan surati: She’rlar va dostonlar /So‘ngso‘z muallifi O. Sharafiddinov/. — Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. Vatan surati… Bu — ko‘z qoracho‘g‘i. U ko‘zga joylashgan. Mehri esa yurakda. Inson bolasi borki, u Vatan, Vatan, deb davomi…

Habibulla Zayniddin. Ibn Battuta

Atlantika okeani qirg‘oqlariga yastangan, shimoli g‘arb burchagidan Afrika qit’asiga, bandargohning o‘ng tomonidan Gibraltar bo‘g‘oziga tutashgan, qadimda finikiya va karfagenlik jamoalar istiqomat etgan Marokashga qarashli Tanjir shaharlik taqvodor Abdulloh al-Lavattiy xonadonida 1304 yil o‘ninchi iyulida o‘g‘il dunyoga keldi. Go‘dak tavallud topgan davomi…

Madaniy avlodlar silsilasi (Xurshid Do‘stmuhammad va Ibrohim G‘afurov gurungi) (2017)

Atoqli adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim G‘afurov va taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad suhbati Xurshid Do‘stmuhammad: – Ibrohim aka! Suhbatimiz avvalida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi faxriy unvoniga sazovor bo‘lganingiz munosabati bilan ko‘plab muxlislaringiz, davomi…

Yusuf Xos Hojib (1020-1070)

Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI—IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni davomi…