Kanizak bilan podsho

Podshoning qirqta xotini bor ekan. Ularning ichida Sarvigul degani juda chiroyli ekan. Uni podsho hamma xotinlaridan ko‘proq sevar ekan. Kunlarning birida malika o‘zining ismi go‘zalligiga mos emasligi to‘g‘risida podshoga shikoyat qilibdi. Shunda podsho: «Agar bundan keyin kimki malikani Sarvigul deb davomi…

Dehqon

Bir dehqon qo‘sh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yo‘ldan o‘tib qolibdi. Dehqonga ko‘zi tushib:— Hormang! — debdi.Dehqon eshitsa ham o‘zini eshitmaganga solib, «xo‘sh, jonivor!» deb ho‘kizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek: «Qulog‘i karmi buning, nega indamaydi yoki davomi…

Eng katta zulm

Bor ekan, yo‘q ekan, bir podsho bor eqan. Uning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Kunlarning birida podshoning xotini vafot etibdi. Undan bitta tilla kovush qolibdi. Podsho mamlakatga jar soldiribdi: «Ushbu tilla kovush kimga to‘g‘ri kelsa, podsho o‘shani xotinlikka oladi», debdi.Tilla davomi…

Bo‘z bola

Bor ekanu yo‘q ekan, Och ekanu to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, Tulki yasovul ekan, Qarg‘a qaqimchi ekan,Chumchuq chaqimchi ekan. Ko‘chmanchilik zamonda Atoqli boy bor ekan. Sevib olgan yoridan Sevinchog‘i yo‘q ekan. Davlat desang hisobsiz, Yilqi, qo‘yi sanoqsiz. Shuncha davlatda, esiz, davomi…

To‘lg‘onoy

O‘ratepa begi xalqdan oq uylikka qoracherik — odam so‘rabdi. «Qo‘qon bizning ustimizga hujum qilib kelmoqchi emish. Biz o‘z g‘amimizni yeylik», deb xalqqa xabar qilibdi. O‘ratepa begi qoracherik so‘raganda qirq urug‘dan so‘rabdi, bo‘lagi unga tobe emas ekan, bermabdi. Xalqqa xabar yetgandan davomi…

Podshoning mot bo‘lishi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Podshoning o‘ng qo‘l vazirining oti Hasanumaymanoz, chap qo‘l vazirining oti Paxtak ekan. Ikkovining bir-birini ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q ekan. Doim Paxtak vazir Hasanumaymanoz vazirni yo‘qotish payida yurar davomi…

Uch avliyo

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q, ekan, juda qadim zamonlarda Davlatshoh degan bir podsho bor ekan. Bu podshoning esi pastroq bir o‘g‘li bor ekan. Kundan-kun, oydan-oy o‘tib, bola yigirma besh yoshga kiribdi. Lekin aqlda yoshiga yetmabdi. Podsho ancha qarib, davomi…

Dono qiz

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Kunlardan bir kun podsho o‘z eliga ikkita savol beribdi.— Shirindan shirin nima? Achchiqdan achchiq nima?Podsho bu savolni yechish uchun odamlarga qirq kun muhlat beribdi: «Agar hech kim savolni yecha olmasa, yurtga qirg‘in solaman», debdi. davomi…

Dono yigit va uning qaylig‘i

Bu ertakni men bir bedanabozdan eshitganman. Bedanaboz ham bir bedanabozdan eshitgan ekan.Bir dono, o‘qigan, oqu qorani tanigan, lekin uylanmagan bir odam bor ekan. Do‘stlari unga:— Birodar, nega uylanmaysan, yoshing anchaga borib qoldi-ku? — debdilar. Ularga hamisha bir javob:— Bo‘yi bo‘yimga davomi…