Tuhmat

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, qadim zamonda, Buxoro shahrida Xondarxon degan podsho o‘tgan ekan. Podshoning vazirlari ichida Qosim jallod degan bir vazir bor ekan. Podsho uning so‘zini e’tiborga olar ekan.Muhammadjon degan bir yigit orzu-havas bilan bir boyning davomi…

Dono xotin

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Uning yomon bir xotini bor ekan. O‘zi tug‘mas ekan, podsho boshqa xotin olay desa qo‘ymas ekan. Qitmir, badkirdor ekan. Yuzi oq bo‘lsa ham ichi qora ekan, undan ko‘plarning davomi…

Oyjamol bilan kal

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Podshoning juda ham chiroyli, dunyoda tengi yo‘q Oyjamol degan qizi bor ekan. Kundan kun, oydan oy o‘tib, Oyjamol voyaga yetibdi, ko‘p yerlardan sovchilar kela boshlabdi.Oyjamol kelgan sovchining har davomi…

Tuhmatga uchragan kelin

O‘tgan zamonda Tutjar qishlog‘ida bir xasis boy yashagan ekan. Uning davlati, moli mulki ko‘kka sig‘mas ekan, biroq qo‘li qattiqlikda tengi yo‘q ekan. Boyning kambag‘al, o‘z mehnati bilan kun ko‘ruvchi bir g‘arib ukasi bor ekan. Boy ukasiga hech qanday yordam bermagan davomi…

Donishmand cho‘pon

O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U hamma narsadan ham otni yaxshi ko‘rar ekan. Kunlardan bir kun, podsho otxonaga kirib qarasa, otlari ancha oriqlab qolgan emish. Podsho otboqarini chaqirib:— Otlar nima uchun oriqlab qoldi? — deb so‘rabdi. Otboqar podshoning g‘azabidan davomi…

Aldarko‘sa va boy

Bir kuni Aldarko‘sa yo‘lda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarko‘saga:— Hoy Aldarko‘sa, qani meni bir aldab ko‘r-chi, qo‘lingdan kelarmikan? — debdi. Aldarko‘sa qarasa boy juda takabbur ko‘rinadi. Aldarko‘sa «buni qanday qilib aldasam ekan, quruq aldasammikan yoki ho‘l aldasammikan», davomi…

Axmoq podshoning dono xotini

Bir xotinini Podsho qo‘yib yuborgan ekan. Kunlardan bir kuni podsho o‘zini tanitmay shu xotinining uyiga kirib boribdi.— Tangri mehmon oling, — debdi. Xotin eshikni ochib:— Tangri mehmonga eshigimiz ochiq, — deb podshoni kutib olibdi. Podsho xotindan:— Bu uyda yolg‘iz yashaysizmi? davomi…

Kanizak bilan podsho

Podshoning qirqta xotini bor ekan. Ularning ichida Sarvigul degani juda chiroyli ekan. Uni podsho hamma xotinlaridan ko‘proq sevar ekan. Kunlarning birida malika o‘zining ismi go‘zalligiga mos emasligi to‘g‘risida podshoga shikoyat qilibdi. Shunda podsho: «Agar bundan keyin kimki malikani Sarvigul deb davomi…

Dehqon

Bir dehqon qo‘sh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yo‘ldan o‘tib qolibdi. Dehqonga ko‘zi tushib:— Hormang! — debdi.Dehqon eshitsa ham o‘zini eshitmaganga solib, «xo‘sh, jonivor!» deb ho‘kizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek: «Qulog‘i karmi buning, nega indamaydi yoki davomi…