Tarix qanday fan?

Tarix — juda qadimiy so‘z. Yunon tilida u «tadqiqot», «voqeot» ma’nolarini anglatadi. Gerodot ismli zot o‘zining ilmiy ishi bilan odamlarni ilk bor tanishtirganidan buyon deyarli ikki yarim ming yil o‘tdi. Shu tariqa Gerodot birinchi tarixchi olim bo‘lib qoldi. Binobarin, uni «tarix fanining otasi» deb bejiz aytmaymiz.

Har bir xalqning o‘z o‘tmishi va bugungi kuni bo‘ladi. Ajdodlari qayerdan kelib chiqqanligini va qanday yashaganligini har kim bilgisi keladi. Zero, «tarixingni so‘ylab bersang, kimligingni aytib beramiz», degan naql qadimdan bor.

Tarix o‘zi qanday fan?

Tarix turli xalqlar qanday yashab, rivojlanganligini, bunda qanday hodisalar sodir bo‘lganligini, kishilarning hayoti qay tariqa va nima uchun o‘zgarib, hozirgi ahvoliga kelib qolganligini o‘rganadi. ­­­­­­­­­­­­­

Tarixni bilish kishilarga o‘tmishni bilib, insoniyat barcha davrlarda azob-uqubat va muhtojlikda kun kechirganini, biroq shunday bo‘lsada, hayot baribir davom etaverganini, qayg‘uli va baxtsiz kunlar o‘rniga albatta ro‘shnolik kunlar kelganini anglab yetishga yordam beradi.

Tarix bizga adolatni o‘rgatadi, atrof muhitga yangicha nazar tashlashga ko‘maklashadi.

Tarix — zamon yo‘lidir. U asrlar qa’riga, qadimiyatga kirib boradida, bizni hozirgi zamonga olib chiqadi. Va bizni shu yo‘ldan olib ketaveradi.