Gullaydigan o‘simlik urug‘idan ko‘payadi. Guli bo‘lmagan o‘simliklar sporadan ko‘payadi.
Sporalar bir hujayrali organizmlardir. Ularni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Sporalar atrofimizdagi havoda ham mavjud. Agar ovqatning usti yopilmay qolsa, uni mog‘or bosib ketadi va biz uning qayerdan paydo bo‘lishini bilamiz. Sporalarning havoda mavjud ayrim turlari ovqatga tushib, o‘sa boshlaydi.
Zamburug‘lar, qirqquloqlar va yo‘sinlar sporalar yordamida ko‘payadi. Dengiz suvo‘tlarini ham sporalar hosil qiladi.
O‘simliklarning sporalari sporangiy (sporadon) — ular rivojlanadigan hujayra xaltasida ko‘payadi. Zamburug‘ning sporadoni qalpog‘i ostidagi qobiq qatlami ichida bo‘ladi. Yo‘sinlarning sporalari poya tepasidagi shilliq o‘simtada urchiydi.
Sporalar yetilgach, sochilib ketadi. Shamol ularni uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Suv o‘simliklari sporalari esa suvda suzib, har tarafga tarqaydi. Ularning mayda dumchasi — kiprikchalari bor. Ular zoosporalar deb ataladi va yetilgach, o‘simlikdan nariga oqib ketadi. Ma’lum bir vaqt o‘tishi bilan to‘xtaydi va dumchasini yo‘qotadi. Shunda undan yangi o‘simlik o‘sa boshlaydi.
Ayrim sporalar hujayralarga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Ular hujayra ichidagi o‘smada rivojlanadi. O‘sma hujayra oynasi ustida kattalashib boradi va undan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu jinssiz ko‘payish deb ataladi, chunki bu yerda ko‘payish uchun erkak va urg‘ochi hujayralarga bo‘linish talab etilmaydi.
Boshqa sporalarning erkak va urg‘ochi hujayralari bor. Yangi o‘simlik paydo bo‘lishi uchun erkak va urg‘ochi hujayralar birikishi va bir-birini urug‘lantirishi kerak. Ayrim o‘simliklarda avlodlar ham almashib turadi: bir avlodda bir jinsli hujayralar, keyingi avlodda esa ikki jinsli hujayralar bo‘ladi.