Rus tiliga saylov — «vыbori» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, lotinlarda ham bu so‘z «tanlab olish» ma’nosini anglatadi. Saylovlarda kishilar o‘zlarining rahbarlarini tanlash huquqi borligini his qilganlar. Ming yillar davomida shunday bo‘lib kelgan. Qadimgi yahudiylar va yunonlar ushbu huquqni qo‘lga kiritish uchun kurashganlar. Isroilning birinchi qirollari, shuningdek Qadimgi Yunonistonning generallari saylov yo‘li bilan tayinlangan.
Erkin saylovlar an’anasi Angliyaga taxminan 1500 yillar muqaddam anglo-saksoniya urushlari davrida kirib kelgan. Shunday qilib, mahalliy rasmiy kishilarni saylash huquqi ingliz turmush tarzining ajralmas bir qismiga aylanib qoldi va ilk kolonistlar tomonidan Amerikaga ham olib o‘tildi. Amerika inqilobiga qadar ham amerikaliklar o‘z shahar yig‘inlarida va koloniya assambleyalarida ovoz berishardi.
Biroq saylov masalasida bir katta muammo bor edi: saylash huquqiga kimlar ega? Bir paytlar faqat xususiy mulk egalarigagina saylash huquqi berilgan edi. Uzoq tarix davomida ovoz berishni taqiqlovchi ko‘plab cheklashlar mavjud bo‘lib keldi. (Masalan, kishilarning xususiy xo‘jaligining katta-kichikligiga qarab bu huquqni berish yoki bermaslik kabi.) Uzoq davr mobaynida ayollar saylash huquqiga ega emas edilar. Ayollarning teng huquqliligi uchun kurashchilar bu masalani hal etish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga urinishardi. Biroq hozirgi kunda ham ayrim mamlakatlarda ayollar saylash huquqlariga ega emas.
Saylov huquqlarini cheklash vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turdi, saylash huquqini yangi-yangi toifa kishilari egallab borardi. So‘nggi davrga kelib saylovchining ovoz berish yoshi 21 dan 18 ga tushirildi.