Qushlar uchuvchi jonivorlar ekan, ularning deyarli barcha a’zolari: ichki va tashqi a’zolari, shuningdek asab va sezgi sistemalari mana shu murakkab faoliyat uchun xizmat qiladi.
Masalan, o‘tkir nigoh uchar jonivorlar uchun hayotiy muhimdir. Bu qushlarning eng muhim xususiyatlaridan biri. Qushlarning ko‘zi boshqa umurtqali hayvonlarning ko‘ziga nisbatan proportsional jihatdan ancha kattadir. Ayrim qushlar turli tasvirlarni har bir ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin. Ba’zi qushlar esa juda kichik narsalarni, zarralarni juda uzoqdan ko‘ra oladi.
Qushlar uchun yaxshi eshitish qobiliyati zarur va ular bunga egadir. Qushlarning qulog‘i bor. Eshitish a’zolari, harakat payti kenglikda yo‘nalishini belgilash va muvozanatini saqlash qobiliyati — ularning hammasi qulog‘i bilan uzviy bog‘liqdir.
Ko‘p qushlarning tumshug‘i qattiq, toshqotgan, ularning aksariyati ta’mni yaxshi idrok etadi. Ammo qushlarda hid bilish sezgisi mutlaqo yo‘q.
Parvoz juda katta kuch talab etadi. Shuning uchun ham ularda moddalar almashinuvi ularda tez kechadi. Qushlarning harorati juda yuqori: Selsiy bo‘yicha 40 va 45 gradus oralig‘ida bo‘ladi. Tomir urishi va nafas olishi tez. Misol uchun, chumchuqning yuragi har daqiqada 500 marta uradi.