Qilichdum nima?

Qilichdum juda qiziq maxluq. U inglizcha «shoh krabi» deyilgani va krab va o‘rgimchaklarga qarindosh bo‘lgani bilan umuman krab emas.

Uning ilmiy nomi — Limulus Polyphemus — ko‘zlarining chiroyliligiga ishoradir. Qilichdumning ko‘zi to‘rtta. Ikkitasi chetga chiqib turadi, qolgan ikkitasi esa boshining old qismida bir-biriga juda yaqin joylashganidan qadim yunon afsonasidagi devsimon pahlavon Polifemnikiga o‘xshash bitta deysiz.

Qilichdumlarni «tirik yeryorar» deyishadi. Polifemning tanasi million yillar ichida deyarli o‘zgarmadi. Tasavvur qiling, ular ayni holatda ikki yuz million yildan beri yashab kelmoqda!

Qilichdumning tanasi butunlay qalin zirh bilan o‘ralgan. Uning uzun va uchli dumi qilichni eslatadi. Bu qilich kertik-mertik bo‘lib holgan. Qilichdumni to‘lqin ag‘darib tashlasa, u dumi yordamida asl holatiga keladi.

Qilichdumning olti juft oyog‘i bor. To‘rt juftini okeanning qumloq yerida harakatlanishi uchun foydalanadi. Orqadagi ikki baquvvat oyog‘ini yerdan uzilish, suzish uchun foydalanadi. Kalta old panjalari bilan og‘ziga ovqat soladi. Og‘zini ko‘rish dushvor, chunki yurishda foydalaniladigan oyoqlari orasida ko‘rinmaydi.

Uning «elkasi» yoki panjasining ichki bo‘g‘imlari chinakamiga ombirni eslatadi. Ular yordamida o‘ljasini og‘ziga olib borishdan avval maydalab oladi. Qilichdum deyarli hamma narsani: mayda mollyuskalar, chuvalchangu baliq uvuldiriqlarini, suv o‘tlariyu buzilayotgan organizmlarni yeb kun ko‘radi.

Qilichdum tabaqasimon jabralari yordamida nafas olib-chiqaradi. Har bir tabaqasida 150 dan ko‘proq yupqa lappaklari bor va ular yordamida suv tarkibidagi kisloroddan yutadi. Bu lappaklar nam bo‘lsa bas, hayvonlar nafas olib-chiqaraveradi.

Qilichdumlarning bolalari uvuldiriqlardan ko‘payadi; ular dunyoga kelganida dumsiz va juda yumshoq zirhli bo‘ladi. To‘rt hafta o‘tgach, ular o‘smaydigan zirhini yorib chiqadi. Jonivorlar bu zirhdan xalos bo‘lishi zarur.

Qilichdum voyaga yetgan payti o‘ttiz santimetrdan oltmish santimetrgacha buladi va bu orada o‘z zirhini yigirma bor almashtiradi!