Qushlarning qay tarzda polapon ochishini hamma biladi, deb o‘ylaymiz. Avvaliga ular o‘zlariga uya quradi, sung makiyoni unga tuxum qo‘yadi va to polaponlari ochib chiqmaguncha, tuxumlarini bosib o‘tiradi. Hatto uya qurmaydigan qushlar ham biror xilvat joyga borib, tuxumini bosadi. Pingvinlar ham shunday qiladi. Ammo ota-onalari hamisha ko‘z-quloq bo‘lib turishi kerak. Pingvinlar gala-gala bo‘lib yashaydi va bir-birlarining tuxumlarini o‘g‘irlaydi, buning ustidan hatto mushtlashib ham ketadi. Dunyoga kelgan pingvin haqiqiy ota-onasi kim ekanini bilmasligi ham mumkin.
Shoh pingvinlar bu jarayonni boshqacha tarzda amalga oshiradi va bu holni o‘zga parrandalar faoliyatida ko‘rmaysiz.
Shoh pingvini urg‘ochisi qor ustiga faqat bitta tuxum qo‘yadi, o‘zi esa ovqat izlab issiqroq joylarga ketadi. Qolgan barcha ishlar erkagi buyniga tushadi. U tuxumni panjasiga olib, bag‘riga bosadi va qornidagi terisining qalin katlamiga o‘raydi. Shundan keyin ropparosa 60 kun bir joyda qotib turadi, bu orada tuxumini bexosdan sindirib qo‘ymaslik va pushtining bezovta bo‘lmasligi uchun na ovqat yeydi, na suv ichadi. Polapon ko‘z yorgandan keyin ham otasi bilan birga qoladi, qulay terilar orasida yashab yangi hayotga moslasha boshlaydi. U-bu narsani bilib qolgach, pingvinlar otasi bag‘ridan chiqib, katta to‘daga qo‘shilib, mustaqil hayot kechira boshlaydi. Ular, odatda, bir-birlarini isitgancha yonma-yon turadi.