Bunda biz basharti hayvonlarning belgilar yoki tovush signallari orqali bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishini nazarda tutsak, «ha» deb, agar inson tili kabi muloqot nazarda tutilayotgan bo‘lsa, «yo‘q» deb javob beramiz.
Hatto odamlar o‘rtasida ham muloqot doimo so‘zlar yordamida bo‘lmaydi. Insonda g‘azabni ifodalashning o‘ziga xos usullari: befarqlikni ifodalash uchun yelka qisish; bosh irg‘ash va sarak-sarak qilish; imo-ishoralar va boshqa ko‘plab xatti-harakatlar mavjud. Ko‘pchilik hayvonlar xuddi shu usullarni hid va belgilar yordamida ifodalaydi. Ot kishnaganda yoki depsinganda, boshqalar buni muayyan signal tarzida qabul qiladi. Ayrim hayvonlvr sezilar-sezilmas belgi va tovushlarni tushunishlari mumkin. Qush faqat tevarak-atrofga qarab olish uchun shoxga qo‘nganda, boshqa jonzotlar jim turadi. Ammo ular qushning niyati boshqachaligini sezganda, uning uchib ketgani ma’qulligini tushuntirib qo‘yadi va qush shunday ham qiladi.
Itlar har xil usullar yordamida muloqot qiladi. Ular vovullab huribgina qolmay, balki uvillaydi, angillaydi, irillaydi, oyoqlarini ko‘taradi va irillab tishlarini ko‘rsatadi. Bunday paytda boshqa itlar har bir holat nimani anglatishini yaxshi biladi.
Hayvonlar bir-birlari bilan faqat tovush va ishoralar vositasida emas, balki hidlar orqali ham muloqotda bo‘ladi. Masalan, bu poda bo‘lib yuruvchi hayvonlarga bir to‘p bo‘lib yurishlarida yordam beradi. Hid it uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanligini siz, albatta, yaxshi bilasiz.
Maymunlar eng uquvli hayvon hisoblanadi, ammo, ularning tili ham boshqa hayvonlar tilidan farq qilmaydi. Ular g‘azab, ochlik yoki qoniqish hissiyotini ifodalashda tovush va imo-ishoradan foydalanadi. Ammo ularda inson nutqiga yaqin keladigan hech narsa yo‘q.
Gaplashishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladigan insondan farqli o‘laroq, maymunlar va boshqa hayvonlar o‘z tilini tug‘ilganidan boshlab biladi. Ular o‘z turlariga xos bo‘lgan signallarni, hatto o‘ta o‘zlariga o‘xshash jonzotlarni hech qachon ko‘rmagan bo‘lsada, bera oladi.
Hayvonlar hatto bir-birlari bilan yaqin aloqaga kirishganlarida ham faqat hissiyot va intilishni ifodalaydi, xolos, haqiqiy «so‘zlashuv» ularda ro‘y bermaydi.