Eng uzun chuvalchang qayerda yashaydi?

Bo‘yi 15 metrga yetadigan eng uzun chuvalchang Atlantika okeanining Yevropa sohillarida yashaydi. Uni uzun lineus deyishadi. U odatda yolg‘iz emas, butun boshli oilasi bilan birga yashaydi. U binafsharang shu’la taratuvchi to‘q qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, silliqlanganday tuyuladi.

Elkasidan uzunasiga bir nechta shaffof va qoramtir chiziqlar o‘tgan. U odatda kechasi, okeanda suv ko‘tarilgan payti ovqatlanadi. Kunduz kunlari sohilga yaqin toshlar orasida bekinib yotadi.

Qora dengizda ham lineuslar yashaydi. Biroq u yuqorida aytganimizdek uzun emas, 60 santimetrdan oshmaydi.