Chug‘urchuqlar o‘zlariga uyni qanday tanlaydi?

Chug‘urchuqlar erta bahorda, mart oyining oxirlarida uchib keladi. Ular gala-gala bo‘lib, bir necha kun maydonlarda izg‘ib uchgancha o‘zlariga tanish joyni qidiradi. Keyin jim qolishib, juft-juft bo‘lib, novdalarga qo‘nishadi: uy-joy qilib, polaponlar ochish vaqti keladi.

Chug‘urchuqlar ko‘pincha o‘zining o‘tgan yili yashagan uyalarini topib oladi, afsuski ularning ayrimlari bo‘sh bo‘lmaydi: yo boshqa chug‘urchuqlar egallab oladi yo chumchuqlar egallab oladi. Chug‘urchuqlar sabotli bo‘ladi, agar o‘z urug‘doshlari bilan hadeb jangga kirishmagani bilan, chumchuqlardan iymanib o‘tirmaydi. Chug‘urchuq uya kuvisidan kirib, o‘tkir tumshug‘i bilan chumchuqni tutib oladi-da, uyadan otib yuboradi. Chug‘urchuq kuchli qush, chumchuqdan bir yarim baravar katta keladi, shu bois uning surobini darrov to‘g‘rilab qo‘yadi. Chug‘urchuq uyasiga qandaydir yosh, tajribasiz chumchuq emas, balki qariya, ko‘pni ko‘rgani kirib oladi. Bunday jangari chumchuqlarga chug‘urchuq bas kelolmaydi, shu sababli ular uyada qoladi, chug‘urchuqlar esa o‘ziga boshqa uya qidiradi.

Chug‘urchuqlar orasida ham ahyon-ahyonda, uyalar yetishmasa yoki u nimasi bilandir qoniqtirmasa, janjallar chiqib turadi. Biriga uchib keladi, qaraydi, ko‘rinishidan yaxshi, yap-yangi. Uya ichiga kiradi, ko‘zdan kechiradi va tezda uchib ketadi: uya yoqmaydi — burchakda katta yoriq bor, ko‘rinib turibdiki, uyani uquvsiz usta qurgan, ikkita devorni shunchaki qalashtirib qo‘yibdi. Bunday uyalar chug‘urchuqlarga yoqmaydi, sababi polaponlari shamollab qolishi mumkin.

Boshqa uyaga borishadi, u ham yangi, balki bo‘yalgan. Qarashadi — yoriq yo‘q, ammo nima sababdandir yoqmaydi. Chug‘urchuqlar ichkari kirishadi, kuvi shu qadar kichkinaki, o‘tish qiyin, xavf tug‘ilganda ishonchsiz. Yoki juda keng.

Chug‘urchuqlar ichi bo‘sh kavaklarga ham qarashlari mumkin. Bu ham kuvisi bo‘lgan qushlar uyasi hisoblanadi. Bo‘shini topishsa, egallab olishadi. Biri yomon: usta erinchoq bo‘lgan bo‘lsa kerak, kavak yorib olgan. Qushlar sakrab ko‘rishadi, u omonat — yomon qotirilgan. Demak, bu uydan ham ko‘ngli qoladi.

Boshqa bir bush uya yonidan beparvo o‘tib ketishadi, sababi pastga qurilgan. Chug‘urchuqlar esa uyasini yerdan 8 — 10 metr balandlikda tiklashadi. Qushlar o‘zlariga mutlaqo tanlab ololmasligi ham mumkin: uya yo yo‘l yoqasiga joylashgan bo‘ladi, chug‘urchuqlar shovqinni xush ko‘rmaydi. Boshqa bir uyaning kuvisi shimolga qaragan, kerak emas, u janubga qaragan bo‘lishi kerak.

Tabiiyki, chug‘urchuqlar uyasini daraxtlar kavagiga ham qurishlari mumkin, ammo bu vaqtga kelib, barcha kavaklar band bo‘lishi mumkin. Ayrim qushlar shu tariqa uyasiz qolib ketadi, demak, ular polaponlar ham ochmaydi. Uya chug‘urchuqqa polapon ochish va ularni uchirma qilishi uchun zarur.