Bulbul haqida she’r yozmagan shoir yo‘q hisobi. Uning sayrog‘i eng chiroyli hisoblanadi va bu sayroqni hech kim ko‘ngildagidek insho etgan emas. Aytgancha, ilk bor bunga qadim yunon dramaturgi Aristofan urinib ko‘rgan edi!
Shoirlar tavsifiga ishonadigan bo‘lsak, bulbul faqat kechasi va yil bo‘yi sayraydi. Afsuski, bunday emas. Bulbul uchib yuruvchi qushlar sirasiga kiradi va Angliyada, masalan, uning sayrog‘ini aprelning o‘rtalaridan iyunning o‘rtalarigacha eshitish mumkin. Bulbul Irlandiya, Uels va Shotlandiyada uchmaydi. Bulbullar Yevropa qit’asining janubiy qismida yashaydi va Eron, Saudiya Arabistoni, Efiopiya, Jazoir va G‘arbiy Afrikadagi Gana hududlarigacha yetib boradi.
Bulbulning faqat erkaklari sayraydi. Uning xirgoyisi shu yaqindagi qaysi bir novdada sassiz o‘tirgan o‘z juftiga mulozamatini ifodalaydi. Bulbul sayrog‘ini kunduzi ham, kechasi ham eshitish mumkin, ammo ularning ovozi boshqa qushlar sayrog‘i orasida eshitilmaydi.
Bulbul erkagi makiyoni polaponlarini ochib bo‘lgunga qadar sayraydi. Bu payt u dushmanlari e’tiboriga tushmaslik uchun sayramaydi. U doimo ehtiyotkorlik bilan ovoz chiqarib, juftiga atrof sokin, osoyishtaligi yoki xavf haqida xabar berib turadi.
Garchi bulbul juda chiroyli sayrasa-da, uning tullashi juda xunuk kechadi. Erkagi va makiyonlarini bir-biridan ajratish mushkul: ularning yelkasi pushti-qizil, tomog‘i kulrang bo‘ladi.
Bulbulning uyasi ancha g‘alatiroq tiklanadi. U yo yerda yoki unchalik baland bo‘lmagan joyga quriladi. Uyasining tashqi tomoni tik qo‘yilgan barglar bilan o‘raladi. Uyaning o‘rtasi kosasimon chuqurlikda bo‘lib, o‘simlik ildizlari tolalari juda tartib bilan to‘shaladi. U juda omonat quriladi, sal teginsa qulab ketadi. Unda to‘rt-oltita to‘q jigarrang tuxumlar bo‘ladi.