Qo‘shma Shtatlar — o‘z Konstitutsiyasiga ega mamlakatlardan biridir. U qabul qilingan davrdan boshlab ayrim yo‘llar bilan, masalan unga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan o‘zgarib bordi.
Kongress a’zolarining uchdan ikki qismi o‘zgartishga rozi bo‘lsalar, ular Shtatlarga ma’qullash uchun taqdim etiladi. Shtatlar ularni o‘z Qonunlari va imzo chekilgan bitimlari nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqadilar. Bu jarayon aynan qay tarzda amalga oshirilishini Kongress belgilab beradi. Shtatlarning to‘rtdan uch qismi mazkur tuzatishni ma’qullasa, u kuchga kiritiladi va bu haqda Davlat departamenti alohida ma’lum qiladi.
Billning huquqlar to‘grisidagi dastlabki tuzatishlari, amalda Konstitutsiyani shakllantirish ishiga yakun yasadi. Ular Konstitutsiyaning muayyan bir qismiga aylanib qoldi.
Shundan so‘ng uzoq yillar hech qanday o‘zgartishlar qabul qilinmadi. 13-tuzatish qulchilikni taqiqladi. 14-tuzatish fuqarolar huquqlarini himoya qildi. 15-tuzatish esa fuqarolarning tanasining rangidan va irqidan qat’i nazar ularga teng saylov huquqlarini berdi. 16-tuzatish Kongressga soliq yig‘ishga ruxsat berdi. 17-tuzatish senatorlarni saylash davlat idoralari tomonidan emas, balki barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilishini belgilab berdi.
18-tuzatish spirtli ichimliklarni taqiqladi, biroq 1933 yilda 21-tuzatish bilan o‘zgartirildi. 19-tuzatish ayollarga ovoz berish huquqini berdi. 20-tuzatish prezidentning, vitse-prezidentning va Kongressning vakolatlari muddatini o‘zgartirdi. 22-tuzatish prezidentning umumiy muddati, u saylangan ikki muddatdan oshib ketmasligini belgilab berdi. 23-tuzatish Kolumbiya Federal okrugini prezidentga saylov chog‘ida alohida saylov okrugi sifatida ajratib berdi.
24-tuzatish saylovchilar uchun majburiy bo‘lgan soliqlarni bekor qildi. 25-tuzatish prezident layoqatsizligiga aloqador edi. 26-tuzatish esa 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroga ovoz berish huquqini berdi.