Mustaqillikni e’lon qilish bir narsa-yu, ammo uni inglizlar qo‘lidan tortib olish butunlay boshqa narsa edi. 1775 yilda ya’ni mustaqillik uchun urush boshlanganda Amerikada 8500 nafar britaniya askarlari bor edi; 1781 yilga kelib ularning soni 48 mingtaga yetdi. Bu professional malakali va intizomli armiya edi. Boz ustiga amerikaliklarning qo‘shinlari ko‘ngillilardan tarkib topgandi. Ular jangga intilishar, ayni paytda uylariga o‘z fermalariga ham hosil yig‘ilishgacha qaytishni istashardi.
Amerika koloniyalarining yangi armiyasiga Jorj Vashington bosh bo‘ldi. Uning eng muqim va barqaror bo‘lgan yillarida (ya’ni 1777 yilda) mazkur armiya tarkibidagi askarlar soni 20 mingtaga yetdi, biroq bu raqam, armiyaga yozilgan askarlarning biroz muddat o‘tgach uylariga qaytib ketish hollari sababli o‘zgarib turardi.
Bir necha yil mobaynida, inglizlarning g‘alabalariga qaramasdan Vashington o‘z askarlarini mahoratli va intizomli armiyaga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu armiyaning harbiy layoqati, kuchi va qudrati oshgani sayin inglizlarning ahvoli yomonlasha bordi. Ingliz armiyasi miltiq va o‘q dorilarni, ot-ulovlarini Britaniyadan, ya’ni okean ortidan 5 ming kilometrdan olib kelishi kerak edi. Qolaversa, inglizlarning harbiy sarkardalari ham u darajada mahorat sohiblari emasdilar.
Natijada mazkur armiyaning tor-mor bo‘lish kunlari tez orada ro‘y berdi. Vashington amerikalik va frantsuz askarlaridan tarkib topgan 16 ming nafar jangchidan iborat armiyasini to‘plab Virginiyaning Yorktaun shahri yaqinida inglizlarga hujum uyushtirdi. Britan generali Korpuollis taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi. 1783 yilda Frantsiyaning Versal shahrida Angliya Amerikaning mustaqilligini tan olib bu haqdagi shartnomaga imzo chekdi.
1789 yildan to 1797 yilgacha Vashington mustaqil Amerika shtatlarining birinchi prezidenti bo‘ldi.