Muattar Aliyeva. Olmos qirrali tarjimon (Hamid G‘ulom)

Vaqt o‘tgani sayin tarjima san’atining dunyo adabiyotidagi mavqei ortib, xalqlar o‘rtasidagi oltin ko‘prik bo‘lishdek ulug‘ vazifasi tobora sharaf topib boraveradi. Zero, tarjima – xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishda eng zaruriy, mas’uliyatli soha bo‘lsa, tarjimon – ana shu sohaning bor mas’uliyatini o‘z zimmasiga davomi…

Ibrohim G‘afurov. Yulduz shu’lasi

Hayotda bosilgan yo‘llar ortda qoladi, xayol esa to tirik ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda turadi. Erkin Vohidov voqelikka ziddiyatda yashamasdi, aksincha, doim voqelik bilan uyg‘unlik qidirardi: butun rang-barang ijodiyoti shunday uyg‘unlikka erishmoqlikning ajib samarasi. Uyg‘unlikka intilish insoniy fe’l-atvorini, tabiatini boshqarardi va tomirlarida davomi…

Abdug‘afur Rasulov. G‘aroyib saltanat

Bora-bora tog‘u toshlar cho‘kishi, daryoyu ko‘llar qurishi, yam-yashil o‘rmonlar o‘tinlar uyumiga aylanishi, zo‘ravonlik bilan paydo bo‘lgan davlatlar yemirilishi mumkin. Lekin bolalik deb atalmish g‘aroyib saltanat borki, u zinhor zavol ko‘rmaydi, sinalgan qonun-qoidalari asosida yashayveradi. Avvalo, u zamon, makon, irq, din, davomi…

Ibrohim G‘afurov. Zulfiya siymosi

Ayni zamonda, ayni soatda, ayni soniyada tug‘ilgan go‘dakning shu zamon va soniyadagi butun dunyoning ishlariga daxldorligi bo‘ladi. Chunki odamzod bitta, tole va quyosh bitta. Ishonmasangiz, istagan vaqtda osmonga qarang: hammasi ko‘rinib turibdi. Ichki ko‘zlar barini to‘xtovsiz ilg‘aydi. Har birimizning yorug‘ davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Tunda chaqnagan yulduz

XX asrning 30-yillarida, ayniqsa, mash’um ommaviy qatag‘on paytida yurak-bag‘ri butun yozuvchi, san’atkor, arbob, olim, omilkor qolmadi hisobi. Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Shayxzodani qamamadilar. Lekin ularni shunchalik xor-zor qildilarki, inson zoti bunday ruhiy-ma’naviy azoblarga tob berishi amri mahol edi. davomi…

Ibrohim G‘afurov. Munis dillar saodati

Shunday oilalar bo‘ladiki, ularda davr, mamlakat va xalq taqdiri aks etib turadi. Bunday oilalar hayotida san’atkorlik, yaratuvchilik, ilmu fan kashfiyotlari el shuhratiga shuhrat, sharafiga sharaf qo‘shadi. Oybek va Zarifa Saidnosirova, Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorova, Halima Nosirova va Komil Yashin, davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Tilshunoslar sardori edi

Ayyub G‘ulomov roppa-rosa yetmish ikki yil umr ko‘rdi. Ilmiy faoliyati o‘tgan asrning 40-yillardan umrining oxiriga qadar izchil davom etdi. U fonetika, grammatika, so‘z yasalishi, uslubshunoslik, nutq madaniyati, etimologiya, leksikografiyaga doir ilmiy ishlar muallifi. O‘rta maktabda, pedagogika bilim yurti va institutlarida davomi…