Soatni nega chap qo‘lga taqamiz?

Soatni nega chap qo‘lga taqishingiz sababini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, ko‘pchilik shunday taqqani uchun, deb mantiqiy javob berishingiz mumkin. Yoki bo‘lmasam, soat chap qo‘lga taqishga moslab ishlab chiqariladi, deyishingiz ham mumkin. Unda yana o‘rinli savol tug‘iladi? O‘sha ko‘pchilik nima uchun davomi…

Nosir Muhammad (1946-2017)

Nosir Muhammad (Nasriddin Muhammadiyev) 1946 yilning 2 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. “Toshkent oqshomi” gazetasida kichik adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-79 yillari Eronda tarjimon, “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib (1985-1993), O‘zbekiston Milliy davomi…

Muhtarama Ulug‘ (1952)

Muhtarama Ulug‘ova 1952 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1972). “Boychechakning tushlari” nomli birinchi she’riy to‘plami 1983 yilda bosilib chiqqan. “Muhabbatga to‘ymasman sira” (1985), “Kunlarning bag‘ri keng” (1987), “Ey dilim!” (2008) nomli davomi…

Chorsham’ (1955)

Chorsham’ 1955 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining junalistika fakultetini tamomlagan. “Sharqiy qutb”, “Mahak tosh”, “Afandi aldamaydi”, “Ayro yo‘llar”, “Sevgini sog‘indim”, “Oshiqlik”, “Saylanma” kitoblari chop etilgan. YaShASh FALSAFASI Yashash falsafasi juda ham sodda, Ko‘zingda porlasin hamisha uchqun. Yoshing yettidami yoki yetmishda davomi…

Asad Asil (1941)

Asad Asil 1941 yilning 14 iyulida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Xondayliq qishlog‘ida tavallud topgan. 1966 yil Toshkent Davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetini, 1972 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Bo‘stonliq, Qibray tumani gazetalari tahririyatlarida, keyinchalik “Sharq yulduzi” va “Guliston” davomi…

Sultonmurod Olim (1954)

Adabiyotshunos olim Sultonmurod Olimov 1954 yili Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Qirg‘izon qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1993 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant, katta laborant, davomi…

Omon Muxtor (1941-2013)

Omon Muxtor (Muxtorov Omon Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1991). ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). «Chorlar quyoshli yo‘llar» (1966), «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) she’riy to‘plamlar, «Nigoh» (1968), davomi…

Ismoil Bekjon. Muhabbat falsafasi

Mutafakkir shoirlar she’rlariga o‘z zamonasi va keyingi asrlarda ham ko‘plab sharhlar bitilgan. Zero, bunday mo‘jaz, ammo olam-olam ma’no va so‘z san’atining turfa sirlarini o‘z bag‘riga olgan asarlar mazmun-mag‘zini chaqish barcha uchun bir xil oson emas. Shu bois, ularning kishini o‘ylantiruvchi davomi…

Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilgan…

“Argumentы i faktы” gazetasi yaqinda Azov va Kaspiy dengizlarini kanal orqali suv yo‘li bilan bog‘lash bo‘yicha loyiha yaratilganligi haqida xabar berdi. “Gidrotexekspertiza” markazining ma’lum qilishicha, bu kanal Azov dengizidan boshlanib, Stavropol va Krasnodar viloyatlari, Qalmog‘iston va Dog‘iston hududlari bo‘ylab o‘tib, davomi…