Shahlo Hoshimova. Kutish (hikoya)

O‘ttiz yillik qadrdoni bilan uchrashish maqsadida Komil N. shahriga bir kun oldin uchib keldi. Aeroportdan taksi tutib do‘sti ta’kidlagan mehmonxona nomini aytganida, taksi tezgina olib kelib qo‘ydi.Mehmonxona ko‘p qavatli bo‘lib, shaharning qoq markazida joylashgan ekan. Komil yuqori qavatning xonalaridan biriga davomi…

Dilbar Razzoqova. Armon (hikoya)

…“Sharq” tezyurar poyezdiga chiqqan yo‘lovchining joni rohatda bo‘ladi. Toza, ozoda, shinam kupelarda barcha qulayliklar muhayyo. Safarga chiqqanlar o‘zaro suhbatlashib, manziliga qanday yetib borganini ham sezmay qolishadi.Yonimdagi hamrohim – o‘rta yoshli, ko‘zlari ma’yus ayol avvaliga bir so‘z demay vagonning oynasidan olislarga davomi…

Ro‘ziboy Qulmat. Xat (hikoya)

Olim ishdan kech qaytdi. Dahliz to‘ridagi xontaxta atrofida bolalari – o‘g‘li bilan qizi burchakdagi televizorga tikilib o‘tirishardi. Olim xontaxta yoniga o‘tirdi, etigini yechdi.– Bolam, etikni naryoqqa olib borib qo‘y, – dedi Olim o‘g‘li Shohruhga.Shohruh singlisini turtib:– Senga aytyapti, – dedi.– davomi…

Dilshod Muhammadrajab. O‘kinch (hikoya)

“Dadajon. Qishloqda hamma yaxshi. Men, ukalarim, bobom – hammamiz sog‘-salomatmiz. Men yettinchi sinfda o‘qiyapman. Baholarim hammasi “5”.…Sigirimiz tug‘di. Bobom sizning kelishingizga atab boqayotgan qo‘chqorimizni Ikrom amakining to‘yiga to‘yona qildilar.…Sizni yangi yilda Qorbobo bo‘lib keladi, deb ko‘p kutdik. Kelmadingiz. Onamning aytishicha, davomi…

Abdulla Saidov. «Xizmat» taqsimoti (hajviya)

O‘zbekning nimasi ko‘p, to‘y-tomosha va ma’rakasi ko‘p. Bog‘cha mudirasi Lola Ahmedova o‘zining ellik yoshini nishonlash maqsadida ikki haftacha oldin jamoa a’zolariga dasturxon yozib, osh berdi. Hovli sahni supurib-sidirilgan. Bu yerdagi saranjom-sarishtalik kishi bahri-dilini ochadi. Mehmonlarning poyi qadamlaridan xonadon sohiblari xursand. davomi…

Po‘lat Hamdam. Bir xonalik uy (hajviya)

Qishloq maktabida hurmatga sazovor va e’tiborli o‘qituvchi edim. Olimpiadami, «Quvnoq start»larmi, anjumanlarmi, xullas, hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq adabiyotchi yo‘q emish. Kallam durust ishlaydi, shekilli. Oddiy qishloq o‘qituvchisi bo‘laturib, domla G‘ovlaganov qanoti ostida shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish ham davomi…