Muhammad Rajab. Zumrad poshsho (hikoya)

— Yer yutgur Asqad, yergina yutgur Asqad! — Ulusliklar bu tong odatdagiday xo‘rozlarning qichqirig‘idan emas, Zumrad kampirning yurakni larzaga soluvchi chinqirig‘idan uyg‘onib ketishdi.Ma’lum bo‘lishicha, yer yutgur Asqad onasyning oxiratini kuydirib, ukalarining rizqini qiyib, yetmish so‘mning hammasini o‘g‘irlab, shaharga ketib qolibdi. davomi…

Muhammad Rajab. Malakali muhabbat (hikoya)

Abdurahmonning hayoti alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Qaerdanam malaka oshirishga bordi-ya. Borishga-ku bordi, qaerdanam qo‘qonlik do‘ndiq qizchaga yordam berdi. Jimgina o‘z yo‘liga ketabersa bo‘lmasmidi? Yo‘q. Hamma jim ketsa ketadi-ku, Abdurahmon indamasdan ketolmasdi. Uning tabiati shunaqa, oqko‘ngil. Birovning ko‘ngliga ozor yetkazgisi kelmaydi. Birovni davomi…

Habibullo Haydar. Qor elagan kun (hikoya)

Tong-la ayolimning hiqillashidan uyg‘onib ketdim.– Nima bo‘ldi?– …Onam… onam bechora qor tagida qoldilar. Yig‘layverib ko‘zlari shishib ketibdi.Deraza osha tashqariga nigoh tashladim. Ishkomlar va devor usti oqarib ko‘rindi. Ikki qarg‘a yong‘oq shoxida qo‘nishib o‘tiribdi. Qaynonam omonatini topshirganiga uch oy bo‘ldi. Dafnidan davomi…

Hasan Manzur. O‘gay ona (hikoya)

Ba’zan xotiralar qalbni tirnaydi… Goho shunday bo‘ladiki, topgan¬laringdan yo‘qotganlaring ko‘pga o‘xshab ketadi. O‘ksik bir hayajon bilan bosib o‘tgan yo‘lingga nazar tashlab olasan.Otasi vafotidan keyin poytaxtda o‘qishini davom ettirayotgan Husan uch-to‘rt oyda bir qishloqqa kelib, ayasidan xabar olar, har kelganda ayasini davomi…

Baxtiyor Rizo. Hasrat (hajviya)

– To‘rtko‘z?! To‘rtko‘z, bu senmi? O‘-o‘zingmisan? M-m-meni izlab keldingmi? Se-e-na? Voy, azamat-ey! Qo‘y, yalama qo‘limni… e, yalamasang-chi, esi yo‘q. Tomog‘ing tushadi. Obbo! Ha-a, kabobning hidini sezibsan-da. Kabob isi… keyin, xompiyoz isi… Xompiyozning isi o‘lgudek sassiq bo‘lar ekan… hiq-q… ichingdan ham davomi…

Karimabegim. Nomalardagi nolalar (hikoya)

Agarda tuman ijodkorlarining ijodiy tanlovi bahona qo‘limdagi mashqlarni bir bor ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilmaganda, balki bir pokiza ayol qalbidan to‘kilgan bu durdonalar mendek o‘zini ijodkor sanab yurgan bir insonning aybi bilan kishilar nigohidan yana qancha vaqt yashirinib yotar edi. Men davomi…