Shukrullo. Qasosli dunyo
Asarning to‘liq variantini saqlab oling
O‘zbekiston xalq shoiri (1981), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977) Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Pedagogika bilim yurti (1935—38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944).
Shukrullo 1951 yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targ‘ibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).
Ilk she’rlar to‘plami — «Birinchi daftar» (1949). Shundan keyin uning «Qalb qo‘shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson uchun» (1964), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To‘kilgan dardlarim» (2001) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan.
Shukrullo «Chollar» (1948), «Rossiya» (1956), «Ikki qoya» (1964), «26 tong otari» (1966), «Gul va otash» (1972), «Ko‘ngil chirog‘i» (1975), «Asr bahsi» (1985) va boshqalar dostonlarini yozgan. Shukrulloning bolalarga bag‘ishlangan she’r va ertaklari «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) she’riy to‘plamlaridan o‘rin olgan.
«Xatarli yo‘l» (1962), «Tabassum o‘g‘rilari» (1964), «To‘ydan keyin tomosha» (1980), «O‘g‘rini qaroqchi urdi» (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari to‘g‘risida bahs yurituvchi «Javohirlar sandig‘i» (1983) essesi, qatag‘on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko‘milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Qasosli dunyo» (1994) publitsistik maqolalar to‘plami, Ubaydulla Xo‘jayev to‘g‘risidagi «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi muallifi.
Shukrullo Karlo Gotstsining «Baxtiyor gadolar» pesasi, Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqalar shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
2020 yil 19 iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
KO‘ZI BOG‘LIQ ODAM Odam o‘ldiribmi yoki o‘g‘irlik qilibmi, ishqilib biror gunohga botib qo‘lga tushgan kishining ahvolini tasavvur qilish mumkin. Ammo hech narsadan hech narsa yo‘q mutlaqo begunoh bir odamning uyidan qo‘liga kishan solsalar-da, olib chiqib, qamab qo‘ysalar, bundoq quruq tuhmat davomi…
Birinchi bob FARYoD Yoz kunlaridan biri. Kutilmagan dahshat boshlandi.O‘zi guvoh bo‘lib, o‘zi ko‘rmagan odam ishonmaydigan voqea yuz berdi. Hozirgina hammayoqni kuydirib turgan jazirama saraton birdaniga qahraton qishga aylandi. Yarqirab turgan quyoshning yuziga qop-qora parda tortilib, osmon tunga burkandi. Ko‘ngilni behuzur davomi…