Bayot Abbos

* * *

Ko‘rsat qomatingni, ey sarvi ravon,
Dunyo ko‘rsin ani, ra’nolanmasin.
Kir boqqa, ruxsoring arz ayla gulga,
Bulbul hayron bo‘lsin, shaydolanmasin.

Orif bo‘lib bu imoga yurmasa,
Jononning yo‘linda jonin bermasa,
Chor taraf boqqanda sani ko‘rmasa,
Ko‘zlari ko‘r bo‘lsin, ziyolanmasin.

Sahardan gulshanga azmi ruh ayla,
Zulfingni sunbulu ro‘ysiyoh ayla,
Bu chashmi mast ila bir nigoh ayla,
Nargiz xumorlanib shahlolanmasin.

Xati sabzu ruhi saman tab ila
Barobar aylamish kunni shab ila,
Shirin guftor ila, shakkar lab ila
Qil takallum, to‘ti go‘yolanmasin.

Boq, Bayot Abbosing yonsin o‘tingda,
Zora bir keltirsang mani yodingga,
Aslo yomon so‘zni aytma otimga,
Ta’na goho-goho sadolanmasin.

Karim Bahriyev tarjimasi