Tirukural (III-IV asrlar)

“MUHABBAT” kitobidan

YoR QUChOG‘IN ROHATI

* * *

Negakim ko‘zu qulog‘im zor erur,
Barchasi suyukli yor husni-xatida bor erur.

* * *

Ul hiylagar yor ko‘ksida mangu hayot chashmasi bor,
Mavjudot ul chashmadan sachragan tomchiga zor.

* * *

Yorga yor ko‘ksin bosib bir tan bo‘lib qolsa agar,
Oradan o‘tmas shamol – xanjar bo‘lib yelsa agar.

Xurshid Davron tarjimalari