Krasimir Georgiyev (1948)

Krasimir Georgiyev – bolgar shoiri, adib. Yigirmadan ortiq she’riy, nasriy, publitsistik kitoblar muallifi. “So‘nmas shamol” (1969 ), “Yolg‘izlik afsonalari” (1995), “Josus” (1996), “Erosti yo‘li” (2008) kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan.

GLOBALLAShUV

O‘rmon ahli ahd boylashdi
yaylovlar bilan,
Kambag‘allar ozod edi unda,
zolimlar saxiy…
Ammo o‘rmon xalqi bilan
uyg‘unlashuv jarayonida
Bir xatolik o‘tib,
yolg‘iz bo‘rini
Maysadek yeb qo‘ydi qo‘ylar suruvi…

Rus tilidan Abdul Jalil Xo‘jam tarjimasi