Jamol Surayyo (1931-1990)

Shoir va yozuvchi Jamol Surayyo (Cemal Süreya) 1931 yilda Erzinjonda tug‘ilgan. 1990 yilda Istanbulda vafot etgan. Rasmiy hujjatlardagi ism-sharifi Jaloliddin Sabar, biroq asarlarida bu ism-sharifini ishlatmagan. Haydar posho litseyi (1950), Anqara universiteti Moliya fakultetini bitirgan (1954). Moliya Vazirligida nazoratchi bo‘lib davomi…

Iso Najotiy (1460–1509)

O‘z davrining atoqli shoirlaridan bo‘lgan Iso Najotiyning (İsa Necâtî) qayerda tug‘ilganligi ma’lum emas. Uni edirnalik bir ayol qul sifatida sotib olib, so‘ng farzandlikka qabul qilgan. Bu noma’lum ayol bo‘lajak shoirga yaxshi tarbiya beradi, tahsil olishiga imkon yaratadi. Yoshligidanoq badiiy ijodga davomi…

Iso Masihiy (1470-1512)

15 asrning oxiri 16 asr boshlaridagi turk she’riyati olamidagi yorqin yulduzlardan biri – Iso Masihiy (Priştineli Mesihi) 1470 yil Albaniyadagi kichik shaharlardan bo‘lgan Prishtinada tug‘ildi. Iso Masihiyning oilasi haqida, ya’ni uning ota-onasi, qanday muhitda bolaligi kechgani to‘g‘risida deyarli ma’lumotlar yo‘q. davomi…

Ismat O‘zal (1944)

Shoir va yozuvchi Ismat O‘zal (İsmet Özel) 1944 yilda Qaysarida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni Kastamonu, Chanqiri va Anqarada o‘qigan. Bir muddat Anqara universiteti, siyosiy fanlar fakultetida o‘qigan. Keyinchalik Hojitena Unyversiteti, Frantsuz tili va adabiyoti bo‘limini bitirgan (1977). 1970 yilda davomi…

Hoji Bayram (1352-1429)

O‘z davrida shoir va shayx sifatida juda katta e’tiborga sazovor bo‘lgan Hoji Bayram (Hacı Bayram-ı Veli) Chubuk daryosining vodiysidagi Zulfozil qishlog‘ida dunyoga keldi. Uning otasi Ahmad dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Boshlang‘ich ma’lumot olgach, tahsil olishni madrasada davom ettiradi. Hijoz va Shomga davomi…

Hamdi Chalabiy (1448-1509)

Turk adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib “Xamsa” yozgan shoir Hamdi (Hamdi Çelebi) Bolu yaqinidagi Go‘ynukda tug‘ildi. Uning otasi Oqshamsiddin bayramiya tariqati shayxlaridan bo‘lib, Hamdining yoshligi so‘fiylar davrasida kechadi. 10 yoshligida yetim qolgan Hamdini akalari o‘z tarbiyasiga oladilar. Hamdi Chalabiy oilada 12-farzand davomi…

Attila Ilhan (1925-2005)

Shoir va yozuvchi Attila Ilhan (Attilâ İlhan) 1925 yil 15 iyunda Izmir viloyatining Menemen qasabasida tug‘ilgan. “Haqiqat”, “Demokrat-Izmir” gazetalarida muharrirlik qilgan va bosh maqolalar yozib turgan. 1973 yilda Anqaraga joylashgach, “Bilgi” nashriyotida maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1980 yildan keyin Istanbulga davomi…

Ahmad Yolchinqoya (1963)

Ahmad Yolchinqoya (Ahmet Yalçınkaya) 1963 yili dekabr oyida Giresunda tavallud topdi. Boshlang‘ich va o‘rta sinflarni G‘arbiy Olmoniyada, yuqori sinflarni esa Istanbulda o‘qidi (1981). Bog‘azichi Universiteti (1981-87), Istanbul Texnika Universiteti (1987-97) va Anadolu Universitetlarida (1997-2000) muhandislik, robot va menejment bo‘yicha ta’lim davomi…

Ahmadiy (1334-1413)

Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim (Ahmedî) hayoti va ijodi xaqida bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarda chalkashliklar mavjud. Manbalarda, shoir tug‘ilgan va vafot etgan sana ko‘rsatkichlarida ham farq bor. Garmiyonda (ba’zi manbalarda Sivas, Istambul ko‘rsatilgan) tug‘ilgan Ahmadiy boshlang‘ich ma’lumot olgach, bilim olish uchun davomi…