Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyoti va manbashunoslik kafedrasi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan 2016 yilning 18 may kuni “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuida an’anaviy Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Ilmiy-amaliy anjumanga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
1. Alisher Navoiy tarjimai holi va faoliyatini o‘rganish masalalari.
2. Navoiy she’riyatini tadqiq qilish muammolari.
3. Alisher Navoiy “Xamsa”si: matn va talqin muammosi.
4. Alisher Navoiy nasri: uslub va g‘oya masalalari.
5. Alisher Navoiy asarlarining tilshunoslikdagi tadqiqi.
6. Ta’lim tizimida Navoiy ijodini o‘qitish: nazariy-uslubiy masalalar.
Mazkur anjumanda quyidagi masalalarga alohida ko‘rib chiqiladi:
• navoiyshunoslikning tadrijiy taraqqiyoti qanday kechdi? Umuman olganda, mazkur soha fan sifatida qanday shakllandi?
• Alisher Navoiy ijodi XXI asrda qanday tamoyillar va qanday metodologiyalar asosida o‘rganilishi mumkin?
• navoiyshunoslik zamonaviy fanlar orasida qanday o‘rin va mavqega ega?
Ilmiy maqolalarga quyidagi texnik talablar qo‘yiladi:
1) muallifning avval familiyasi, keyin ismi birinchi qatorda, ilmiy darajasi, faoliyat yuritayotgan tashkiloti nomi keyingi qatorda o‘ng tomonda kursiv shaklda, 12 shrift o‘lchamda, oralig‘i 1 intervalda keltiriladi, uning tagidan elektron pochta manzili yoziladi;
2) ilmiy maqola sarlavhasi o‘rtada, 14 shriftda, qoraytirilgan harflarda beriladi, bir satrdan so‘ng maqola matni boshlanadi;
3) ilmiy maqola matnida harflar o‘lchami 14 shriftda, o‘ngdan 3 sm, chapdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm miqdorda joy qoldiriladi, xatboshilar 1 smni tashkil qiladi, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda bo‘lishi lozim;
4) havolalar har betda 1-raqamdan boshlanadi, maqola ichida keladigan jadval yoki chizmalar raqamlangan tarzda beriladi, tartib raqami esa o‘ng tomonda aks etadi;
5) maqoladan so‘ng foydalanilgan adabiyotlar alifbo tartibida 12 shriftda, oralig‘i 1 interval shaklda aks ettiriladi, internet manbasining foydalanilgan sanasi ko‘rsatilishi lozim.
Maqolalar hajmi 5 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak.
Maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi, ilmiy talabalarga javob bermagan maqolalar e’lon qilinmaydi. Maqolalar uchun to‘lov badali mavjud emas.
Ilmiy maqolalar quyidagi elektron manzilga 2016 yilning 25 apreliga qadar qabul qilinadi:
Elektron pochta: [email protected]
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, O‘zbek filologiyasi fakulteti, O‘zbek adabiyoti va matnshunoslik kafedrasi, 503-xona.
Telefonlar: +99897-714-43-55; +99890-135-43-27; +99890-960-39-63