2021 yili yo‘qotganlarimiz

Yakuniga yetayotgan 2021 yil O‘zbekiston ilm, fani va madaniyati uchun huzun yili bo‘ldi. Ziyouz.uz portali ushbu yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari, ziyolilarni xotirlaydi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932-2021)

Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani Katta Tagob qishlog‘i — 2021.22.03, Toshkent shahri) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon pedagogika bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1955).

Taniqli tarjimon Nizom Komilov (1937-2021)

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli tarjimon Nizom Komilov 1937 yilning 12 dekabrida Namangan viloyati Chust tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan.

Shoira Gulchehra Nurullayeva (1938-2021)

Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956—1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961—1967) jurnalida ishlagan. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Adabiyotshunos Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021)

Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Boybo‘ta Do‘stqorayev 1941 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Yozuvchi Dadaxon Nuriy (1943-2021)

Mohir publitsist, lirik qissalar ustasi va ajoyib hajviy yozuvchi Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan. Hamza nomidagi akademik drama teatrida rassom, maxsus maktablarda hind tili o‘qituvchisi, «Guliston», «Gulxan» jurnallari va O‘zbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bo‘lib ishlagan.

Atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev (1945-2021)

Atoqli rejissyor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev 1945 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Yozuvchi Ahmad Muhammad Tursun (1949-2021)

Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1979 yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. Ellikka yaqin badiiy, ilmiy-ma’rifiy, publitsistik kitoblari nashr etilgan.

Muftiy Usmonxon Alimov (1950-2021)

Usmonxon Alimov 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.

Shuningdek, 2020 yili vafot etganlar:

Akademiklar

Yirik iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Vladimir Kim (1929-2021)
Atoqli kimyogar olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Nusrat Parpiyev (1931-2021)
Fizika sohasi bo‘yicha yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi O‘tkir Rasulev (1939-2021)
Elektronika va yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasida taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Muhammad Kabir Bahodirxonov (1941-2021)
Atoqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Temurbek Usmonov (1942-2021)
Eksperimental yadro fizikasi sohasida tanilgan olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Tolib Mo‘minov (1943-2021)

Olimlar

tibbiyot fanlari doktori, professor Shabat Xo‘jayev (1924-2021)
mikrobiologiya sohasida yetakchi olim Mahmud Zokirov (1928-2021)
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Shermat Yormatov (1939-2021)
texnika fanlari doktori, professor Bahrom Qodirov (1940-2021)
adabiyotshunos olim, professor Rashidxon Shukurov (1942-2021)
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Umrzoq O‘ljaboyev (1942-2021)
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Norqul Bekmirzayev (1944-2021)
geliotexnika sohasidagi yetakchi olim Abdujabbor Abdurahmonov (1946-2021)
iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umrzoqov (1952-2021)
filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo‘rayev (1956-2021)
fizika-matematika fanlari doktori, professor Turdali Artikov
tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyeva
filologiya fanlari nomzodi Muhammadjon Azimov

Diniy olimlar

Muhsinxon qori Hasanxon o‘g‘li
Yorqinjon domla Fozilov

Shoir va yozuvchilar

G‘ulom Shomurodov (1937-2021)
Ulmambet Xo‘janazarov (1938-2021)
Sa’dulla Siyoyev (1939-2021)
Habibullo Tursunmatov (1943-2021)
Jasur Ishoqov (1947-2021)
Abdulla Jalil (1948-2021)
Mahkamboy Umarov (1949-2021)
Olim Otaxon (1951-2021)
Zulfira Misbax (1951-2021)
G‘affor Hotamov (1953-2021)
Ismatullo Yo‘ldoshev (1953-2021)
Safar Kattaboyev (1954-2021)
Mash’al Xushvaqt (1961-2021)
Zoir Ziyo (1963-2021)
Xonzodabegim Jamolova (1999-2021)
Yorqul Umarov
Lola Pirmatova
Mehmonqul Islomqulov
Fathulla Namozov
Sulton Jamol

Jurnalistlar

Farida Usmonova (1921-2021)
Meli Normatov (1925-2021)
San’at Mahmudova (1940-2021)
Safar Ostonov (1948-2021)
Jamoliddin Abdiyev (1956-2021)
Said Mahsumov (1986-2021)

Davlat arboblari

Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov (1939-2021)
Oliy Majlis Senati a’zosi Topiboldi Xoldorov (1942-2021)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov (1953-2021)

Yana ko‘ring:

2020 yili yo‘qotganlarimiz

2019 yili yo‘qotganlarimiz

2018 yili yo‘qotganlarimiz

2017 yili yo‘qotganlarimiz

2016 yili yo‘qotganlarimiz

2015 yili yo‘qotganlarimiz