Bobur. Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldum (video)

Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldum,
Demon bexonumon, ovorai ikki jahon bo‘ldum.

Labing gar bermasa bo‘sa, nechuk jon elta olg‘ayman,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.

So‘rub ul oy labidin, og‘zining ramzini angladim,
Bir og‘iz so‘z bila, ko‘rungki, muncha xurdadon bo‘ldum.

Nechakim, qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,
Vale oxir malomat o‘qlarig‘a-o‘q nishon bo‘ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig‘a,
Bu Shirindurki, oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.

Visoling davlatig‘a yetmasam Bobur kibi, ne tong —
Ki, hajring mehnatida asru zoru notavon bo‘ldum.

Zahiriddin Muhammad Bobur