Antonina Dimitrova (1966)

1966 yilning 27 martda Bolgariyaning Pazardjik shahrida tug‘ilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Bolgariya mustaqil yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bolgar va rus tillarida ijod qiladi. Bir qator rus shoirlarining she’rlarini bolgar tiliga o‘girgan. Bolgar va rus tilidagi she’rlari jamlangan “Qalbim chizgilari” she’riy davomi…

Arevshat Avakyan (1940)

Arevshat Avakyan – shoir, jurnalist va rassom. 1966 yili Yerevan davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Qo‘nim bilmas parvozlar”, “Nurli trayektoriya”, “Moddiyat ruhi”, “So‘z qulfi” va “Boshpana” kabi she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Rassom sifatida o‘z kitoblariga be­zaklar ham ishlagan. davomi…

Nairi Zaryan (1900-1970)

Nairi Zaryan (Նաիրի Զարյան; haqiqiy ismi Ayastan Yegiazaryan) – shoir va nosir. 1928 yili Yerevan davlat universitetini tugatgan. Bir nechta she’riy to‘plami chop etilgan. “Avatsan”, “Janob Petros va uning vazirlari” romanlari, “Ara” tragediyasi, “Buloq boshida”, “Tajriba dalasi” singari komediyalari ham davomi…

Ashot Grashi (1910-1973)

Grashi Ashot Bagdasarovich (haqiqiy ismi Grigoryan Ashot Bagdasarovich) 1910 yili Artsaxda tug‘ilgan. Yerevan davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Ilk kitobi “Kirish” nomi bilan 1934 yili chop etilgan. She’r va dostondan iborat qirqqa yaqin kitob muallifi. * * * Daryo vodiy uzra davomi…

Nozim Hikmat (1901-1963)

Nozim Hikmat (Nâzım Hikmet Ran) Turkiyaning Selanik vohasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni Go‘ztepa Toshmaktabi, Galatasaroy litseyi va Nishontoshi Namuna maktablarida olgan. Bahriya maktabida besh yil o‘qigach, sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ketishga majbur bo‘lgan. Ma’lum muddat Batumda qolgandan so‘ng Rossiyaga o‘tib, Moskva Sharq davomi…

Vaagn Karents (1924-1980)

Vaagn Karents – shoir va tarjimon. Yerevan pedagogika instituti va Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. “Yomg‘irdan so‘ng”, “Lolalar”, “Qordagi izlar”, “Kechki yo‘llar”, “Tog‘ etagida” kabi she’riy kitoblari nashrdan chiqqan. Rus va kurd tillaridan adabiy tarjimalar qilgan. SENING ISMING Oppoq dalalarga davomi…