Abul-a’lo Al-Maarriy (973-1057)

Abul-a’lo al-Maarriy (أبو العلاء المعري) – o‘rta asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ arab shoiri va mutafakkiridir. Shoir 973 yilda Suriyaning shimolidagi Maratanno‘mon yoki Maara degan kichik bir shaharchada, qozi oilasida tug‘ilgan. Uch yasharlik vaqtida chechak kasali bilan og‘riganidan keyin, Abulaloning davomi…

Xalilulloh Xaliliy (1907-1987)

Afg‘onistonning forsiy tilida ijod etuvchi mashhur shoirlaridan biri ustod Xaliliydir (خلیل‌الله خلیلی‎). U 1907 yili tug‘ilgan. Otasi marhum Mirzo Muhammad Husayn moliya sohasida katta lavozimga ega bo‘lgan edi. Bo‘lajak shoir boshlang‘ich ma’lumotini o‘z uyida olgan. Keyinchalik rasmiy maktablarda o‘qib, arab davomi…

G‘ulom Dastagir Panjshiriy

G‘ulom Dastagir Panjshiriy — afg‘onistonlik shoir. KURASh TARONASI Sher yigitlar elga yor xizmat bilan, Yashnagay mardum dili rag‘bat bilan. Mard yigitlar to‘lqini — mavji zamon, Yovga qarshi qo‘zg‘alur g‘ayrat bilan, Qancha hushyor bo‘lsa el, yurtdosh ulus, Do‘st bo‘lurmiz shuncha yurt, davomi…

Abdullo Baxtoniy (1926)

Abdullo Baxtoniy (عبدالله بختانی) Nangrahor viloyatidagi Surxrud (Qizil daryo) yoqasida joylashgan Baxton qishlog‘ida 1926 yil dunyoga kelgan. Shoir Baxtoniy boshlang‘ich ma’lumotni Nangrahorda olgach, 1946 yili ana shu viloyatning maorif bo‘limida kotib bo‘lib ishlaydi, bir yil keyin Nangrahordagi pashto‘ tili kursida davomi…

Kozimxon Shaydo (1727-1778)

Kozimxon Shaydo 1727 yilda Xattaklar nabilasi yashaydigan Saroy tumanidagi Afzalobod degan joyda tug‘ildi. Uning otasi Afzalxon Xattak, mashhur tarixchi bo‘lib (“Tarix-e murasso” asarining muallifi), Xushholxon Xattakning nabirasi edi. Kozimxon Shaydoning otasi vafot etgandan keyin, xattaklar xonligi akasi Asadullaxon qo‘liga o‘tadi. davomi…

Pirmuhammad Kokar (1708-1781)

Pirmuhammad Qandahor yaqinida yashovchi Kokar qabilasidan bo‘lib, taxminan 1708 melodiy (1120 h.) yilda Jo‘b degan yerda tug‘ilgan. U Ahmadshoh Duroniyning zamondoshi va saroy shoiri bo‘lgan. Ahmadshohning o‘g‘li shahzoda Sulaymonga ustozlik ham qilgan. Uning 1780-1781 yillargacha yashagani bizga ma’lum. Chunki Pirmuhammad davomi…

Xushholxon Xattak (1613-1691)

Xushholxon Xattak 1022 hijriy (ya’ni melodiy 1613) yilda Peshovarning sharqida joylashgan Akora degan joyda tug‘ildi. Xushholxonning otasi Shahbozxon o‘sha vaqtda 22 yoshda bo‘lib, boburiylardan Shoh Jahon xizmatida edi. Xushholxon bolaligidayoq o‘zining katta iste’dod egasi ekanligini namoyish qildi. O‘z davridagi ilmlarni davomi…

Baxtiyor Vahobzoda (1925-2008)

Ozarboyjon xalq shoiri, taniqli olim Baxtiyor Vahobzoda (Bəxtiyar Mahmud oğlu Vahabzadə) 1925 yil 16 avgustda Ozarboyjonning Sheki shahrida tug‘ilgan. Boku Davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Samad Vurg‘unning ijodiy faoliyati tahliliga bag‘ishlangan nomzodlik ishini 1951 yilda, doktorlik ilmiy ishini esa 1964 davomi…

Hofiz Sheroziy (1325-1388)

Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy (خواجه شمس‌الدین محمد حافظ شیرازی) Eronning Sheroz shahrida tug‘ilgan. Lekin butun umri davomida ona shahridan chetga chiqmagan bu «isonafaslik rindi Sheroz» (Navoiy) o‘zining yoniq she’rlari bilan yarim dunyoni egalladi va o‘zidan keyingi Sharqu G‘arb adabiyotiga katta davomi…

Rasul Hamzatov (1923-2003)

Dog‘iston shoiri Rasul Hamzatovich Hamzatov Dog‘istonning Xunzax tumaniga qarashli Sada qishlog‘ida xalq shoiri Hamzat Sadasa oilasida dunyoga keldi. U bir necha yil o‘qituvchilik qildi va keyinchalik 1945—1950 yillarda Moskvada M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutida tahsil oldi. Rasul Hamzatovning ijodi 1937 davomi…