Hektor Hyu Manro. Sredni Vashtar (hikoya)

Konradin o‘zining uzog‘i bilan besh yillik umri qolgani haqidagi shifokorning fikrini eshitganida endigina o‘n yoshga to‘lgan edi. Garchand doktor biroz ikkilanib tashxis qo‘ygan bo‘lsa-da, missis de Ropp uning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Missis de Ropp bolaning amakivachchasi va boquvchisi edi. Konradinning nazdida, davomi…

Gi de Mopassan. Oila (hikoya)

Men o‘n besh yildan beri qiyofasini ham unutib yuborayozgan eski qadrdonim Saymon Radevin bilan uchrashishga ketayotgan edim. Yoshlik chog‘larimiz hamon yodimda… U fikrimni bir qarashda o‘qiy oladigan, uzoq, sokin va shodon tunlarni birga bo‘lishadigan, bir-biriga o‘zining muhabbat sururi sirlarini hikoya davomi…

Ernest Xeminguey. Nimaningdir poyoni (hikoya)

Avvallari Xortons ko‘rfazi yog‘och kesish zavodi shaharchasi edi. Ko‘l bo‘yida joylashgan tegirmondagi katta arralarning shovqin-suroni shu yerlik aholining qulog‘ini kesgudek bo‘lar edi. Keyin bir yili yog‘och ishlab chiqarish uchun xoda yetkazib berish to‘xtab qoldi. Taxta tashuvchi shxunerlar ko‘rfazga kirib, ularga davomi…

O’Genri. Telemak – og‘ayni (hikoya)

Ov safaridan qaytgach, Nyu-Meksikodagi kichik Los-Pinos shaharchasida janub yo‘nalishidagi poyezdni kutardim. Poyezd bir soatga kech qoldi. Men majlislar zalining peshayvonida o‘tirib, mehmonxona xo‘jayini Telemak Hiks bilan hayotning mazmun-mohiyati haqida suhbatlasha boshladim. Shaxsiyatga bog‘liq savollar ham e’tibordan chetda qolmadi. Undan bir davomi…

Uilyam Vordsvort (1770-1850)

Uilyam Vordsvort (William Wordsworth; 7 aprel 1770, Kokermaut, Kamberlend grafligi — 23 aprel 1850, Raydal-Maunt, Kamberlend grafligi) — ingliz romantik-shoiri. Vordsvortning ilk she’riy to‘plami – “Kechki sayrlar va lirik lavhalar” 1793 yilda nashrdan chiqqan. Uning «Lirik balladalar» to‘plami mashhur. SA’VA davomi…

Semyuel Teylor Kolrij (1772-1834)

Ingliz romantik shoiri, adabiy tanqidchi, faylasuf, Angliyada Romantik harakatlar asoschisi va “Ko‘l maktabi” vakili Semyuel Teylor Kolrij (Samuel Taylor Coleridge) 1772 yil 21 oktyabrda Angliyaning Devon, Ottern-Sent-Meri nomli shaharchasida tavallud topdi. Kolrij ingliz she’riyatida o‘z yozish uslubi bilan salmoqli o‘rin davomi…

Gi de Mopassan. Alvido! (hikoya)

Ikki do‘stning kechki ovqat vaqti tugash arafasida edi. Kafe derazalari orqali odamlar bilan gavjum bulvar ko‘rinib turardi. Ular issiq yoz oqshomlari Parij bo‘ylab esayotgan mayin shabboda ta’sirida inson g‘am-tashvishlardan holi allaqayerlarga, daraxtlar ostiga elitilib, oydin ummonlar, yonar qo‘ng‘izlar-u so‘fito‘rg‘aylar haqida davomi…

Gabriel Garsiya Markes. Moviy rang itning ko‘zlari (hikoya)

U menga tikildi… huddi birinchi marta ko‘rayotgandek. Ammo biroz o‘tib, qiz chiroq tomonga o‘girilganida, ortimdagi qizning nakadar umidsiz va g‘amgin qiyofada ekanligini sezar edim. Va angladimki, aslida unga ilk bora ko‘rayotgandek tikilgan – bu o‘zim. Sigaretni tutatdim. Kreslomni burishdan oldin davomi…

Gi de Mopassan. Marjon shodasi (hikoya)

1-tarjima MARJON ShODASI Falakning gardishi bilan ba’zida xizmatkorlar oilasida tug‘iladigan go‘zal va maftunkor qizlardan biri edi u. Unda na sep-sidirg‘a, na umid va na taniqli bo‘lishdan ma’no-mazmun bor edi. U birovni tushunishga ham urinmagan, sevmagan va mashhur kimsaga ham turmushga davomi…