Afanasiy Fet (1820-1892)

Taniqli rus lirik shoiri, tarjimon. Peterburg Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1886). Uning ilk she’rlari “Moskvityanin”, “Otechestvennыe zapiski” va “Sovremennik” jurnallarida chop etiladi. Mashhur munaqqid V.Belinskiy “1843 yildagi rus poeziyasi” maqolasida Afanasiy Fet timsolida rus she’riyatiga yangi shoir kirib kelayotganligini e’tirof davomi…

Majid G‘afuriy (1880-1934)

Majid G‘ofuriy (taxallusi; asli ismi G‘abdulmajid Nurg‘oniyevich, 1880—1934) — boshqird-tatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902 yildan boshlangan («Eshon muridlariga» she’ri). «Yosh umrim» (1906), «Millat muhabbati» (1907) she’riy to‘plamlarini yozgan. «Faqirlikda kechgan hayot» (hikoya, 1903), «Sibir davomi…

Ivan Bunin (1870-1953)

Bunin Ivan Alekseevich [1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij] — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademigi. (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi («Xazonrezgi», to‘plam, 1901). Hikoya va povestlarida (ko‘pincha o‘tmishni qo‘msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar davomi…

Anna Axmatova (1889-1966)

Anna Andreevna Axmatova (haqiqiy familiyasi – Gorenko) 1889 yil 11 iyunda Odessada tavallud topdi. U ona tomonidan tatar xoni Axmat xonga borib taqaladi (taxallusi shundan). Otasi – flotda mexanik-muhandis bo‘lib, ba’zan jurnalistika bilan ham shug‘ullanardi. Annani bolalik chog‘idayoq Sarskoye Seloga davomi…