Ahmad Shavqiy (1868-1932)

Ahmad Shavqiy (أحمد شوقي) (1868.16.10, Qohira — 1932.14.10) — arab shoiri. «Amir ash-shuaro» («shoirlar amiri») unvonini olgan. Ijodida frantsuz klassitsizmi va romantik she’riyati ta’siri seziladi. Parijda «Bulon o‘rmoni» va «Ulug‘ Alibey yoki Mamluklar davlati» (1893) asarlarini nashr ettirgan. Misr xalqi davomi…

Abdurrahmon al-Xomisiy (1920-1987)

Abdurrahmon al-Xomisiy (عبد الرحمن الخميسى) — misrlik mashhur shoir va yozuvchi, tanqidchi, jamoat arbobi. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. «Teranliklar» (Qohira, 1950), «Biz o‘lmaymiz» (Bayrut, 1953), «Olovli shamollar» (Qohira, 1954) kitoblari mashhur. ISYoNKOR UMID Agar Misr, Mavval* kuylari go‘yo, davomi…

Saloh Abdus-Sobir (1931-1981)

Saloh Abdus-Sobir (صلاح عبد الصبور) 1931 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg “KEChIRING, DO‘STLARIM…” Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda daraxtlar ham – mevasiz, abgor, dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar, sizlarni kutishga emasman tayyor, omborlar ham bo‘shdir, na qilay, ayondir bu bolalarga ham. Xasismasman, davomi…

Muhammad Hofiz Ibrohim (1871-1932)

Muhammad Hofiz Ibrohim (محمد حافظ بن إبراهيم) – misrlik shoir, “Nil shoiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan. ShE’RIYaT She’r –bunyod bo‘lgansan orzu-armondan — Yozgan ahli donish, hisga bo‘lib g‘arq. G‘ofil el uyquga cho‘mib yotganda, G‘azal bitdi oqshom bir farzandi Sharq. She’riyat, davomi…

Faruq Juvayda (1946)

Faruq Juvayda (فاروق جويدة) – misrlik shoir va jurnalist. * * * Bir tuni… Marhumlar eslanganiday, Nega kirib kelding mening yodimga? Kelinlik libosing kiygan o‘shal dam Dafn etgandim axir seni qalbimga. Uyalib, qizarib turaverding sen, Qalb tamom unutib hijron sasini. davomi…

Abdurahmon al-Abnudiy (1938-2015)

Abdurahmon al-Abnudiy (عبد الرحمن الأبنودى‎) (1938 – 21 aprel 2015) – mashhur Misr shoiri, bolalar yozuvchisi. O‘G‘LIMGA Bu dunyoda odamlarning Eng yaxshi ko‘rgan ishi – O‘zi ekkan daraxtlarning Soya solib turishi! O‘zing ekkan anjirlardan, Yo tiklagan binodan Qanday yaxshi – davomi…

Muhammad Afifiy Matar (1935-2010)

Muhammad Afifiy Matar (محمد عفيفي مطر; 1935 – 28 iyun 2010) – misr shoiri. Ayn Shams universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. * * * Orzular toychog‘i o‘tlar o‘tloqda – Sevgilim ko‘ylagin hidi kelmoqda. Atrofda uyum davomi…

Amal Dunqul (1940-1983)

Amal Abulqosim Dunqul (أمل ابو القاسم دنقل‎; 1940–1983) – misr shoiri. Misr adabiyotidagi modernistlardan biri. HAMDU SANO Shamol ma’budasiga Hamdu sanolar bo‘lsin! Jasoratiga olqish, Rag‘bat-duolar bo‘lsin! Hamma “Ha” degan paytda U-chi, jasorat bilan, Qarshi chiqdi, “Yo‘q!” dedi, Inkor qildi qat’iyan. davomi…

Ahmad Hijoziy (1935)

Ahmad Abdulmu’tiy Hijoziy (أحمد عبد المعطي حجازي‎) (1935, Al-Manufiya, Misr) – misr shoiri. Frantsiyaning Sarbonna universiteti sotsiologiya bo‘limini tamomlagan (1979). Ilk she’riy kitobi “Yuraksizlar shahri” nomi bilan 1959 yili chop etilgan. SO‘Z RISARLARI Jo‘mard shoirlarga Sotmadim men so‘zni oltinga, durga, davomi…

Ma’mun ash-Shinaviy (1914-1994)

Ma’mun ash-Shinaviy (مأمون الشناوي) – misrlik mashhur shoir. U 1914 yili Mansur shahrida tug‘ilgan. UYG‘ON, SEVGILIM… Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Kun berma uyqularga, Uyg‘on, ko‘zlaringni och, Qara yangi kunlarga! Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Yurakdan uyquni quv Qara, tip-tiniq osmon, Tovlanib turipti u. davomi…