Boybo‘ta Do‘stqorayev. Jadidlar qanday ijtimoiy tuzumni orzu qilganlar

yoxud ularning davlat to‘g‘risidagi qarashlari XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragida Turkistonda faoliyat ko‘rsatgan ijtimoiy-siyosiy oqim – jadidlar to‘g‘risida adabiyotlarda har xil qarashlar mavjud. Bunday qarashlarning ayrimlarida Turkis­ton jadidlari ma’rifat va madaniyatda juz’iy islohotlar o‘tkazishdan yuqori ko‘tarila olmadilar, davomi…

2021 yili yo‘qotganlarimiz

Yakuniga yetayotgan 2021 yil O‘zbekiston ilm, fani va madaniyati uchun huzun yili bo‘ldi. Ziyouz.uz portali ushbu yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari, ziyolilarni xotirlaydi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932-2021) Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani Katta Tagob qishlog‘i davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021)

Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Boybo‘ta Do‘stqorayev 1941 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. Umrining so‘nggi yillarida davomi…

Yuksak intilishlar ko‘zgusi (Boybo‘ta Do‘stqorayev bilan suhbat) (2015)

O‘zbek milliy matbuotining tamal toshi qo‘yilganiga, ya’ni birinchi milliy gazetamiz — “Taraqqiy” chop etilganiga yaqinda 100 yil to‘ladi. Prezidentimizning 1993 yili 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Hurlikka intilgan «Hurriyat»

«Hurriyat» gazetasi yurtimizda 1335 hijriy yilning 7 rajabidan, milodiy 1917 yilning 16 aprelidan siyosiy, adabiy, iqtisodiy, ilmiy gazeta sifati bilan Samarqandda haftasiga ikki martadan chiqa boshladi. Uning 1-sonida shunday qayd mavjud: «Hurriyat» g‘azetasiga ushbu muharrirlar muovanat (yordam.- B.D.) qilurlar: 1) davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Buyuk mutafakkir

Buyuk mutafakkirlar bir qarashda ko‘pchilik e’tibor ham bermaydigan kichik, zarradek narsalarga ham sinchiklab diqqat qiladilar va ularning hayratangiz jihatini kashf etadilar. Shu bois ularning ijodlaridagi “mayda” bo‘lib tuyulgan narsalarga boshqalar ham sinchiklab diqqat qaratganlari ma’qul. Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning g‘azaliyotidagi, davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. “Alpomish” matnining jilolari

O‘zbek xalqi og‘zaki ijodining durdonalaridan biri, shubhasiz, “Alpomish” dostonidir. Deyarli bir asr bo‘ldiki, doston matni baxshilardan qayta-qayta yozib olindi, xilma-xil nashrlari amalga oshirilmoqda, turli-tuman tadqiqotlar olib borilyapti. Bu nashrlarni o‘qib, bir qancha avlodlar olam-olam zavqqa to‘lmoqda, ularda o‘ziga xos estetik davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. «Hurriyat»ning ko‘ksiga gul taqaylik» (2007)

Abdulhamid Cho‘lpon jo‘shqin she’larida Vatan ozodligi, mustaqilligini bor ovoz bilan kuylaganini hozir deyarli barchamiz bilamiz. Ayni paytda u hurriyat, erk yo‘lida  faol bir fuqaro sifatida ham jonbozlik, fidoyilik ko‘rsatgan insondir. Otashin shoir ham ijodi bilan, ham ijtimoiy faoliyati bilan mustaqilligimiz davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Romanning bir fazilati

Atoqli adib Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani shu paytgacha avlodlar uchun o‘ziga xos adabiy-estetik maktab vazifasini o‘tadi va o‘tamoqda. Bu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Zotan, badiiy jihatdan yuksak asarning hamisha insoniyatga adabiy saboq bo‘lishdek xosiyati bor. Taassufki, sho‘rolar zamonida badiiy davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Vannaychaxonning dardi yoxud Cho‘lponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009)

Sevimli gazetamiz “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” sahifalarida (2008 yil, 3 oktyabr va 28 noyabr, 2009 yil 10 aprel va 26 iyun) adabiyotshunoslar — Naim Karimov va Bahodir Karimning Cho‘lponning ayrim she’rlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishlari buyuk adib faoliyati yuzasidan muayyan davomi…