Hamidulla Boltaboyev. Javohir shodaga qo‘shilgan gavhar

Milliy adabiyotimiz tarixi nafaqat adabiyotshunoslikka oid risola va tazkiralarda, bayoz va majmualarda, balki tarix kitoblarida ham aks etgan. Buning isboti uchun Rashididdinning “Jome’ ut-tavorix”idan Ogahiyning “Shohidi iqbol” asarigacha yuzlab tarixiy manbalarni ko‘rsatish mumkin. G‘iyosiddin Humomiddin o‘g‘li Xondamirning “Habib us-siyar fi davomi…

Bobomurod Eraliyev. Majoziy ishq bulog‘i

Alisher Navoiy ijodi olamini o‘rganish va tadqiq etish maqsadida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Gazetamiz sahifalarida imkon qadar ularni yoritib borishga harakat qilyapmiz. Jumladan, tadqiqotchi Bobomurod Eraliyevning ulug‘ shoirimiz “Farhod va Shirin” dostoniga bag‘ishlangan izlanishlari turkum maqolalar tarzida haftaligimiz sahifalarida davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Buyuk mutafakkir

Buyuk mutafakkirlar bir qarashda ko‘pchilik e’tibor ham bermaydigan kichik, zarradek narsalarga ham sinchiklab diqqat qiladilar va ularning hayratangiz jihatini kashf etadilar. Shu bois ularning ijodlaridagi “mayda” bo‘lib tuyulgan narsalarga boshqalar ham sinchiklab diqqat qaratganlari ma’qul. Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning g‘azaliyotidagi, davomi…

Ziyodulla Hamidov. Munshaot – xazina

Til, tarix, madaniyat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar, buyuk mutafakkirlarning asarlari tilini o‘rganish doimo dolzarbdir. Har qanday til hodisasini tarixiy jihatdan o‘rganishning yagona ilmiy yo‘li, avvalo, dastlabki manbaga asoslanish, yetuk asarlar tilini qiyoslash, ular o‘rtasidagi davomi…

Matnazar Abdulhakim. Ilohiy diydor yoki bir g‘azal sharhi

O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur. Hazrat Navoiyning bu mashhur g‘azali haqida suhbatlashishdan avval, ota-bobolarimiz koinotni o‘n sakkiz ming olamdan iborat, deb anglaganliklarini eslab o‘tishimiz joiz. «Oshub» – g‘avg‘o, to‘polon degani. Xo‘sh, davomi…

Sanobar Nishonova. “Makorimul-axloq”da Navoiy ma’naviyati

Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma’naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma’lumot beradi. Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida davomi…