Abdumajid Azim (1957)

1957 yilda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Shoirning “Qalbimning Vatani”, “Quyosh bolasi”, “Yorug‘lik olami” singari she’riy to‘plamlari chop etilgan. Ayni paytda “Hurriyat” gazetasida faoliyat yuritmoqda. * * * Ko‘ngil, sen o‘zingni ovutib yasha, Taqdiri azalning ishiga ko‘ngil. Umrning past-baland yo‘llari davomi…

Ermamat Nurmatov (1937)

1937 yilda tug‘ilgan. Namangan Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini bitirgan. “Olmos”, “Boqiy baxt”, “Yaxshilik”, “Muhabbat bog‘i”, “Sog‘inish”, “Oq guldasta”, “Devon”, “Faryod”, “Oq va qora”, “Ikki qutb”, “Ezgulikdan umr charog‘on”, “Saboq” kabi kitoblari nashr etilgan. * * * Tun ketib, olam davomi…

Shodmonqul Salom (1980)

1980 yilda tug‘ilgan. Termiz Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Yurak iqlimi”, “Ko‘ngil kitobi” she’riy kitoblari chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida Bosh muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tun qorovuli I Men – bir tungi qorovulman, tunning qo‘riqchisiman, Tong ortilgan tun karvonin davomi…

Ibodat Rajabova (1956)

1956 yilda tug‘ilgan. Samarqand Davlat pedagogika institutining filologiya hamda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetlarida o‘qigan. Uning “Osmondagi farishta”, “Buxoroda gujumlar gulladi”, “Qush kiprigi” singari she’riy hamda bir qator nasriy-tarixiy asarlari chop etilgan. Ayni paytda, “Buxoro oqshomi” gazetasida faoliyat yuritmoqda. BOBOM davomi…

Ikromjon Asliy (1984)

1984 yilda tug‘ilgan. Andijon Davlat universiteti filologiya fakultetini tamomlagan. “Andijon yoshlari” gazetasida muharrir o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. Shoirning “Tonggi sabo”, “Andijon chashmasi” she’riy to‘plamlari nashr etilgan. U Zomin seminari, “Kelajak ovozi” Respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi. * * * Sizni davomi…

Rustam Mirvohid (1987)

1987 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat sharqshunoslik institutining 2-bosqich magistranti. “Kelajak ovozi” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi. “Dil qushi”, “Bu – oshiq so‘zim” she’riy to‘plamlari muallifi. Sohir tun Kech tushdi… Qaydadir qurbaqa sayrab, Atrofga taratar ajib ovozin. Qaysidir burchakda chigirtka yayrab, davomi…

Nargiza Odinayeva (1988)

1988 yilda tug‘ilgan. “Kelajak ovozi” tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi. “Do‘rmon” ijodkor yoshlar seminari qatnashchisi. “Yo‘ldagi maktublar” kitobi muallifi. Ko‘ngil manzili Tog‘larni sog‘inib buzildi chillam, Tongimdan adashdim, vaqt – uchar gilam, Lahzam ibodatdir, manzilim – qiblam, Yo‘lim joynamoz, deb, chiqdim safarga. davomi…