Jon Maksvell Kutzee. Xo‘jayin va Xizmatkor (Nobel ma’ruzasi)

Biroq, yangi do‘stimga qayta- man: u menga juda yoqib qoldi, unga foydasi tegadigan nima borki, o‘rgatishni, asosiysi – men gapir-ganimda tushunadigan va gapiradi-gan qilishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Daniyel Defo. “Robinzon Kruzo” Linkolnshir qirg‘og‘ida joylashgan Boston shahri juda chiroyli, davomi…

G‘afur Shermuhammad. Quduq (qissa)

Ko‘klam qurg‘oq kelgan. Savr chiqib ulgurmagan bo‘lsa-da, atrofda yastanib yotgan qir-adirlarning maysasi qovjirab, borliq sarg‘ish tusga kirib ulgurgan. Tikkaga kelgan oftob qovjiroq xas-xashakni yondirishga qasd qilgandek dala-dashtga tinimsiz olov purkaydi. Adoq tarafdagi tepalikda ko‘zga tashlanib turgan cho‘pon kulbasi va kattagina davomi…

Mirpo‘lat Mirzo. Mehrga muhtoj xilqat

Tabiat va tamaddun borasida o‘ylar Talabalik yillarim esimda. Bahor avj pallasiga yetgan paytlarda yuragim orziqa boshlardi. Darhol qishloqqa borish taraddudini ko‘rardim. Ulgurishim kerak, derdim ichimda o‘z-o‘zimga. Nimaga ulgurishim kerakligini sizga aytsam: lola sayliga – lola terishga! Hali oq libosini kiftidan davomi…

Vosit Ahmad. Yangi boy (hajviya)

– Yangi boylardan biri tish qo‘yish mutaxassisiga uchrabdi. Tepa jag‘ tishlariga javohir qoplatibdi, pastki jag‘lariga platina qo‘ydiribdi.– Endi nima qilay? – so‘rabdi shifokor.– Signalizatsiya qo‘yasan-da, – debdi yangi boy.Metinbekning bu latifasiga do‘stlari ichaklari uzilguday bo‘lib kulishdi.Kechagina mana shunaqa yangi boylar davomi…

Isajon Sulton. Uzuk (hikoya)

(Shoir A’zam O‘ktam xotirasiga) “Hikoya yozish osonmi, qiyinmi?” To‘g‘risini aytsam, haligacha shu savolga jo‘yaliroq javob bera olmayman. Mana, bir necha kundirki, tug‘ilgan kunida qizimga sovg‘a qilganim uzuk xayolimdan ketmaydi. Ingichka, nozik, ko‘kish-yashil toshchali ziynat uni quvontirdi, sof nigohida sevinch porlab davomi…

Yo‘ldosh Solijonov. Sizif va absurd

Ochig‘i, men G‘arb adabiyoti nazariyasi, xususan, so‘nggi yillarda iste’molga kirib kelgan va juda ko‘p qo‘llanilayotgan modernizm, postmodernizm, absurd, ekzistentsializm, syurrealizm kabi atamalar mohiyatini yaxshi bilmayman. Ularni anglashga, qancha ko‘p bilishga intilganim sayin bu borada bilimlarim kamligini ko‘proq anglayapman. Ehtimol, bu davomi…

Isajon Sulton. Mening gulim (hikoya)

Erta bahor edi. Ko‘ngil bog‘imdan bir nihol unib chiqdi. Namxush, qoramtir tuproqdan ipdaygina bo‘lib osmonga – bulutlar diyoriga bo‘y cho‘zmoqqa chog‘langan bu jajji jonga avval-boshda ko‘p e’tibor qilganim yo‘q. Bog‘ katta, gullar ko‘p, shu ojiz vujudning yonginasida karnaygul tarvaqaylagan, uning naryog‘ida yoshli davomi…

Isajon Sulton. Bo‘ri (hikoya)

(Ma’rufjonga) Bolam, qishning izg‘irinli kechalarida kimsasiz dalalarda gala-gala bo‘lib izg‘igan daydi itlarni bo‘ri deb o‘ylaganingni gapirib berding-a? Ha, dala-tuzning tuprog‘u kesaklarini ham muzlatadigan sovuqlarda kuchuklar o‘shanaqa to‘planib olishadi. Ammo sen ko‘rganing oddiy gala xolos-da. Istasang, senga bo‘ri haqida gapirib beraqolay. davomi…