Saidrasul Sanginov. Faktlarga tayanib ish ko‘rgan afzal (2011)

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) vakilining bayonoti e’lon qilindi. Unda “Tojikistondagi alyuminiy zavodi daryoning quyi oqimida joylashgan hududlar, ayniqsa, O‘zbekiston uchun jiddiy muammolar tug‘dirayotgani” qayd etildi. Bu O‘zbekistonning janubiy hududida yuzaga kelgan vaziyatga berilgan xolisona bahodir. davomi…

Tozagul Matyoqubova. Bedil va G‘afur G‘ulom

Ulug‘ shoir G‘afur G‘ulom o‘ziga ma’naviy-ruhiy ta’sir ko‘rsatgan va il-hom bergan shoirlarning ko‘plab she’rlarini yod bilar va ularni hamisha zavq bilan o‘qib yurishni sevar edi. U bir umr kitobini qo‘lidan qo‘ymay ardoqlagab shoirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedil edi. O‘zbekiston xalq davomi…

Bibi Robiya. Kuz yomg‘iri (hikoya)

Shahar g‘ala-g‘ovuridan o‘zini chetga olgan bu do‘koncha ko‘hnagina maktab biqinida, ko‘p qavatli egizak binolar o‘rovida joylashgan edi.To‘rt faslga moslangan poyafzallar bilan to‘ldirilgan do‘konning doimiy yordamchilari – soniyalar, soatlar, kunlar – bozorga borishga erinadigan, zarurat tug‘ilgandagina oyoq kiyim esiga tushib qoladigan davomi…

Dunyo Zoda. Ayol baxti… ko‘chada emas

Odamlar orasida qachondan boshlab “mardikor ayol” degan ibora muomalaga kirdi. Bu so‘z quloqqa chalinganida uy-ro‘zg‘or, bola-chaqa, bozor-o‘char yukini nozik yelkalariga ortmoqlab ketayotgan ojizayu mushtipar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Yana ayol bozorga chiqadimi yoki yo‘qmi, degan muammolar haqida ham to‘xtalaveramiz. Biroq, ba’zi davomi…

Bahodir Karim. «Robinzon Kruzo»ning ilk tarjimasi

Mashhur ingliz yozuvchisi Daniyel Defoning (1660–1731) «Robinzon Kruzo» romani muallifga favqulodda ulkan shuhrat keltirdi. Sarguzashtnoma bu roman qahramoni Robinzon Kruzo dunyo adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Bunga taqlidan Yevropa adabiyotida robizonnomalar, ya’ni shu romanga taqlidan yozilgan asarlar maydonga keldi. Allakimlardir tasodifan davomi…