Sirboy Mavlenov (1922-1993)

Sirboy Mavlenov (Sыrbay Mәulenov) 1922 yil 17 sentyabrda To‘rg‘ay viloyati Jongeldin tumanida tavallud topgan. Avval o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda, so‘ngroq Qizil O‘rda shahrida o‘qigan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shoirning dastlabki she’rlari 1937 — 1938 yillarda e’lon qilina boshlagan. Ilk to‘plami davomi…

Jambul Jabayev (1846-1945)

Xalqning sevimli shoiri, mohir so‘z ustasi, ulug‘ oqin Jambul (Jambыl Jabayұlы) Avliyoota viloyatidagi Qoratov etaklarida dunyoga kelgan. U xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini bolaligidan sevib o‘rgandi va qozoq xalqi orasida aytishuv san’atining yetakchisi sifatida shuhrat qozondi. Shoirning ijodi munosib taqdirlandi. U davomi…

Mahambet O‘temis o‘g‘li (1804-1846)

Mahambet O‘temis o‘g‘li (Maxambet Өtemіsұlы) Ichki Bo‘key o‘rdasi, Beketay aymog‘i (hozirgi O‘rol viloyati, Joybek tumani)da tug‘ilgan. 1824-1829 yillarda Orenburgda o‘qigan. Yoshligidan she’r yoza boshlagan Mahambet mahalliy amaldorlarning kirdikorlarini fosh qiluvchi asarlari uchun 1829-1831 yillarda qamoqda o‘tiradi. Qamoqdan chiqqandan keyin 1836-1837 davomi…

To‘ra Nafasov. “Go‘zallik saloni”mi “pardozxona”?

Shaharlarda, tuman markazlarida “Go‘zallik saloni” deb nomlangan maishiy xizmat xonalari ko‘paygandan ko‘payayapti. Sababi – talabgor ko‘p. Kelin bo‘ladigan qizlarning bari bu bezakxona mijozi. To‘y oldidan bo‘yanish, bezaklanish qizlarning, ayniqsa kelin bo‘lg‘usi qizlarning urfiga aylandi. Hatto qishloqlarda ham shunaqa pardozxonalar paydo davomi…

Abdujalol Rahimov. Yo‘lovchilar (hikoya)

Qishloqqa, singlimnikiga borishim kerak. Mashina izlab bekatga chiqdim. Eski “Jiguli” turibdi. Haydovchini tanidim. Narzilla degan yigit. Ozg‘in yuz, kalta mo‘ylov qo‘ygan. Yoshi,chamasi, qirq beshlarda. Yuziga taram-taram chiziqlar tushgan. Tajang fe’lidanmi… Uch-to‘rt bor mashinasiga o‘tirganman. Bir qarasang, rulni siqimlaganicha, mum tishlaganday davomi…

Qasham Nasafzoda (1959)

Qasham Nasafzoda (Qəşəm Nəcəfzadə) 1959 yilda Ozarbayjonning Imishli mintaqasida tug‘ilgan. Ta’lim fakultetini tamomlagan. Tafakkur universitetida katta muallim vazifasida ishlagan. “Ozarbayjon” jurnalining she’riyat bo‘limini boshqargan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining Boshqaruv hay’ati a’zosi, Bolalar adabiyoti sektsiyasining rahbari bo‘lgan. “Sevgining so‘ngini so‘ylamang menga”, “Uxlayotgan davomi…