Ibn Sino va jinni

Bir podshoning Alovuddin degan yaqin qarindoshi bor ekan. Alovuddin asab kasalligiga yo‘liqib, jinni bo‘lib qolibdi. Xayolida go‘yo u ho‘kiz bo‘lib qolgan ekan. Kecha-kunduz u ho‘kizdek mo‘rar va:— Men ho‘kizman, men ho‘kiz, — deb bo‘kirar ekan.Uni qancha tabiblar boqib, udda qilisha davomi…

Johil podsho va Abu Ali

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho bor ekan. Uning bir suyukli xotini va bir qizi bor ekan. Podshoning xotini bedavo dardga chalinib, qattiq kasal bo‘lib, yotib qolibdi.Podsho mamlakatning barcha qishloq va shaharlaridan tabiblar chaqirtirib, xotini dardiga davo topishni davomi…

Ikki tabib

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda Buxoro shahrida kambag‘al Ahmad supurgichi bo‘lgan ekan. Uning xotini va bir o‘g‘li bor ekan. Qiynalsa ham er-xotin o‘g‘lini maktabga beribdi. O‘g‘li odobli, aqlli, zehnli bo‘lganidan qiyinchiliklarni yengib, maktabni bitirgach, madrasaga kiribdi. Otasi davomi…

Dod

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bundan ko‘p yillar ilgari ikkita o‘qimishli ziyrak yigitlar o‘tgan ekan. Ulardan birining ismi Komiljon, ikkinchisiniki Homiljon ekan.Komiljon qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, kirriklari uzun-uzun, kelishgan yigit ekan. Homiljon ham chiroyli, shahlo ko‘z, qoshlari Komiljonnikiga qaraganda davomi…

To‘qqiz dangasa

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda o‘nta aka-uka qarindoshlar bor ekan. Ularning to‘qqiztasi dangasa, bittasi abjir, hammasining kasbi aravasoz ekan.To‘qqiz dangasa shahar bozorining o‘rtasida, bir abjir bo‘lsa shaharning bir chetida yashar ekan. Shahar o‘rtasida yashovchi dangasalar kamhafsalalikdan bir davomi…

Zulxumor

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonlarda yoshini yashab, oshini oshagan bir chol bilan kampir o‘tgan ekan. Ularning husnda yagona, qizlarning sarasi, ko‘zlarining oq-u qorasi, bitta-yu bitta Zulxumor ismli qizlari bo‘lgan ekan.Zulxumor yoshlik chog‘laridanoq aqlli, chaqqon, xushchaqchaq davomi…

Chumchuq

Chumchuq uchib ketayotib yo‘ldan bir g‘o‘za topib olibdi. U sevinganidan g‘o‘zani tishlab shoshilganicha bir kampirning oldiga olib boribdi. G‘o‘zani kampir oldiga tashlab:— Chuv, chiy, chiy,— debdi. Kampir g‘o‘zani chuvib beribdi. Chum¬chuq paxtani olib boshqa bir kampir oldiga olib borib:— Sava, davomi…

Qudrat Hikmat (1925-1968)

Qudrat Hikmat (1925 – Toshkent — 1968.10.4) — bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika instituti kechki bo‘limini tugatgan (1957). «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim (1950—53), Badiiy adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim mudiri (1960—68) bo‘lib ishlagan. 1947 yildan boshlab mashhur baxshi davomi…

Bo‘riboy Ahmedov (1924-2002)

Bo‘riboy Ahmedov (1924.12.8, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv qishlog‘i – 2002, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi davomi…