Qulman Ochilov. Ota (hikoya)

Avtoinspektorlar ham anoyi emas, radar apparatini daraxt shohlari orasiga tiqib, o‘zlari panada poylab turishadi. Ko‘pchilik haydovchi bu hilvat va ravon yo‘lda mashinasining gazini bosishi tayin. Ko‘chaning boshida paydo bo‘lgan sariq “Jiguli” ham tezlikni shunday shitob bilan oshirdi. Daraxtlar orasidan barvasta davomi…

Qulman Ochilov. Oydin (hikoya)

Er qo‘lini xotinining yelkasiga qo‘yib:–    Onasi? – deydi. – Onasi? Ayol ko‘zlarini zo‘rg‘a ochadi. –    Onasi, chiroqni yoqib yubor. Ayol turib, so‘ridan tushadi va nima qilarini anglay olmay, uyquli ko‘zlari bilan eriga qaraydi. -Nima dedingiz, dadasi? -Chiroqni yoqasanmi, degandim. Ayol ayvonning oq devoridan ko‘zga elas-elas davomi…

Jonrid Abdullaxonov (1929-2015)

Jonrid Abdullaxonov 1929 yili Namanganda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulteti, Moskva Oliy Adabiyot kursini tugatgan. Uning «Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956), «To‘yga kelinglar» (1960), «Tong yorishgan sohilda» (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari, «Gulchehra» (1962) qissasi, «Yo‘l» (1964) davomi…

Abdusattor Jumanazar. Ma’lumotlar va… taassurot

Turkiston forsiyzabon yo turkiy tildagi mumtoz adabiyoti tarixiga bag‘ishlangan darslik va qo‘llanmalarning birortasida mashhur tazkiranavis adib Abdulmutallib Fahmiyga oid tuzukroq axborot topib bo‘lmadi. Biroq bir qancha mashhur olimlarning maqolalarida u to‘g‘rida qisqacha ma’lumot uchradi, xolos. Ularning barchasi Fahmiy XVIII asrda davomi…

Turg‘un Po‘lat (1928-1974)

Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yili Namanganda tug‘ilgan. Yozuvchi sifatida 50- yillarda matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab «Bizning bobo» (1951), «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan» (1956), «Festival qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlar yozgan. Ayni chog‘da «Ayollar isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra davomi…

Kengesboy Karimov (1948)

1948 yilda Chimboy tumanida tug‘ilgan. 1975 yilda Nukus Davlat pedagogika institutini tugatgan. “Oraliqlar”, “Vaqt minorasi”, “Unutilgan oy”, “Mening derazalarim”, “Oroldan keldim”, “Ko‘ngil mulki” kabi she’riy kitoblar muallifi. Ayni damda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Tug‘ilgan tuprog‘im so‘qmog‘i davomi…

Sharof Boshbekov: “Dramaturgiyada yosh dramaturg bo‘lmaydi” (2009)

Bugun biz xalqimiz necha asrlardan buyon orzu qilgan hurriyat zamonida yashayapmiz. Ozodlik tuyg‘usi qalblarni nurafshon etsa-da, lekin insoniy muammolardan haligacha xoli bo‘lolganimiz yo‘q. Xo‘sh, bugungi erkin odam o‘z hurligini yeb-ichish, mol-mulkka rujo‘ qo‘yib yashash deb biladimi yoxud o‘z kelajagi, xalqining davomi…

Aziz Abdurazzoq (1928-2007)

Taniqli shoir, tarjimon va muharrir Aziz Abdurazzoq 1928 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Avval Madaniy-oqartuv texnikumida, keyin Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil ko‘rdi. Ko‘p yillar yoshlar gazetasida (hozirgi “Turkiston”), “Sharq yulduzi” va “Guliston” jurnallarida adabiy xodim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib davomi…