Tesfaye Gessesse (Efiopiya)

Tesfaye Gessesse – efiopiyalik shoir. 1936 yili tug‘ilgan. FEVRAL O‘ZGARIShLARIGA Qalqaylik, yoronlar, bir devor bo‘lib, aziz yurtimizga madadkor bo‘lib! Dehqon omochini ushlasin mahkam, qurolin qo‘ymasin qo‘ldan jangchi ham, men esa vatanga so‘z kuchi bilan bir umr xizmatda bo‘lmoqqa shayman! Qolmasin davomi…

Gabriel Okara (Nigeriya)

Gabriel Okara – nigeriyalik shoir. 1921 yili tug‘ilgan. QAChONLARDIR, O‘G‘LIM Qachonlardir, o‘g‘lim, ular kulishardi yurak-yurakdan, kulishardi chaqnab ko‘zlari. Endi kulishar ular faqat tishlari bilan, muzli sovuq ko‘zlari esa timirskilar mening soyamni. Shunday paytlar bo‘lgandiki, o‘g‘lim, ular qo‘limni siqishardi dildan, endi davomi…

Marsial Sinda (Kongo)

KETMON Voy-e, uh, ih, e voy-e!Ketmon dod demoqda, eshityapsizmi?Ozg‘in yer ko‘ksini yormoqda,Metin yer ko‘ksini yormoqda,Qora yer ko‘ksiga urmoqda,Bizlardan zabt etib olinganHosildor yer ko‘ksin yormoqda.Ketmon bizning ish qurolimiz,Ketmon bizning tinch qurolimiz. Voy-e, uh, ih, e voy-e!Hammani, hammani qo‘rqitibKetmon dod demoqda, eshityapsizmi?Voy-e, davomi…

Jerid Angira (Keniya)

OTAMNING VASIYaTI Yaqinroq kel,Yaqin kel.Bo‘yraga o‘t,Bo‘yraga.Olovni yoqma,Olovni. Istamayman tutunni,Istamayman tutunningSeni yig‘latishini,Seni yig‘latishini.Magar yig‘lasang, undaMarhum bobongga yig‘la,Marhum momongga yig‘la.Yig‘lamagin qoshimda,Yig‘lamagin boshimda,O‘g‘lim — avlodim mening.Yaqinroq kel,Yaqin kel.Bo‘yraga o‘t,Bo‘yraga.Olovni yoqma,Olovni. Yodda tut, o‘g‘lim:Og‘anglar bilanbirlashib yasha,birlashib yasha.O‘n cho‘pni bukmoqOson bittalab,Bog‘lam bo‘lsa mabodoAzobdir, azob.So‘zlarimni unutmaO‘g‘lim davomi…

Estash Pryudensio (Benin)

OQIM BO‘YLAB Qachonlardir suzish kerak bo‘lgandir sizga,So* bo‘ylab Ganve*dan Kinto*gacha?Suzmagan bo‘lsangiz,unda tezroq,do‘stlarim,Kalaviga, Kalavi*ga,uzun, torkayiqlar kutguvchi joyga.Sizni ajablantirarqayiqchining tezkor harakatlari,Yaraqlagan suvning sokin shovullashida —Tangachalarga o‘xshash — oqim bo‘ylab pastgaUning yengil-engil boshqarishlari.Nilufarlar sekin tebranib turarDaryo to‘lqinlarining sirli chayqalishida.Rizoforlar* tizzasidan suvdaQirg‘oq bo‘ylab qator-qator davomi…

Qulman Ochilov. Geri gedan (hikoya)

Ustoz! Ushbu xatimni o‘qib chiqqach kompyuteringizdan o‘chirib tashlang. Unga begonalarning ko‘zi tushib, faqat o‘zingizga ishonib aytayotgan sirimdan voqif bo‘lishlarini va ustimdan kulishlarini istamayman. Juda xunuk, juda yomon ish qilib qo‘ydim. Bugun ikkinchi kuni, lekin hali-hamon eslasam, yuragim orqaga tortib ketayotir. davomi…