Ziyouz kutubxonasi “Turkiy tilli o‘lkalar milliy kutubxonalari konferentsiyasi”da ishtirok etdi

2016 yil 14-17 noyabr kunlari Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan “4. Turkiy tilli o‘lkalar milliy kutubxonalari rahbarlari konferentsiyasi”da Ziyouz elektron kutubxonasi ham ishtirok etdi. Turkiya jumhuriyati madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiya milliy kutubxonasi tashkil etgan konferentsiyada Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Boshqirdiston, davomi…

Ashxabod Barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global konferentsiyaga hozirlik ko‘rmoqda

Joriy yil 26-27 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxabodda BMT shafeligida Barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global konferentsiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi attashesi Xanturdi To‘rayev 18 noyabr kuni elchixonada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasida davomi…

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: “Turkiya – O‘zbekiston hamkorligi ikki qardosh mamlakatga yarashadigan saviyaga ko‘tariladi”

O‘zbekiston hamda Turkiya hamkorligi tarixida yangi sahifa ochilmoqda va ikki qardosh mamlakat do‘stligi yanada mustahkamlanmoqda. Joriy yil 17-18 noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi ana shunday qat’iy xulosaga undamoqda. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 13 yillik davomi…

O‘zbekiston davlat tarix muzeyida Ozarboyjonga bag‘ishlangan pavilon ochildi

O‘zbekiston davlat tarix muzeyida “Ozarboyjon – Kavkaz gavhari” deb nomlangan pavilon ochildi. Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi hamda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi hamkorligida amalga oshirilgan loyihaning taqdimotida fan, madaniyat, san’at namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va Ozarboyjon elchixonasi hamda davomi…