Qur’oni karim e’lon etilgandan so‘ng (Shayx Alouddin Mansur va Nurulloh Muhammad Raufxon suhbati) (1994)
Bismillahir rohmanir rohiym. SAVOL. Alouddin aka, Qur’oni Karimning Siz amalga oshirgan o‘zbekcha ma’no tarjimasi jurnalimizda e’lon qilinganiga ham, mana, ikki yil bo‘libdi. Ruhoniy va dunyoviy hayotimizda ulkan hodisa bo‘lgan bu ishning foydasi, ahamiyati, inshoolloh, kelgusida yanada yaqqolroq ko‘rinajak va xayrli davomi…